fbpx
Videoretsept: tovuqli salat

Videoretsept: tovuqli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Siz bilan tovuq va shirin makkajo’xorili oddiy va juda mazali ko’p qavatli salat retsepti bilan bo’lishmoqchimiz. Ushbu salatda barcha masalliqlar bir-biri bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.

Salatlarni bunday qiziqarli tarzda tortilishi esa, dasturxonni bezatadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

 

Qadam 1
Tugallandi

Qaynatilgan tovuq filesini mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yaxshilab qaynatilgan tuxumlarni qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz. Ko'k piyozni mayda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bir necha kichik, yoki bitta katta idishda salat yig'ishni boshlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Birinchi bo'lib, tovuq go'shtini qo'yib, ustidan mayonez suritamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra mayda to'g'ralgan piyoz va makkajo'xori donini qo'yamiz va ustidan mayonez suritamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Keyin tuxum solib, mayonez suritamiz va ustidan qirg'ichning mayda tishidan o'tkazilgan pishloqni sepamiz. Salatni tahminan 1 soat muzlatgichda tindiramiz.
Ta'bga ko'ra salatning har bir qavatiga tuz sepish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Qulupnayli trayfl
keyingi
Tovuqli asosga ega lavashli naychalar

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.