Videoretsept: tovuq va makkajo’xorili pitsa
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
300 gramm un
-
1 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
150 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
-
2-3 osh qoshiq smetana
-
Asosiga
-
4 osh qoshiq ketchup
-
200 gramm motsarella pishlog'i
-
50 gramm bulg'or qalampiri
-
50 gramm makkajo'xori
-
60 gramm pomidor
-
200 gramm qaynatilgan tovuq filesi
Yo’nalishlar
Kim ham pitsani yoqtirmaydi? Agar pitsa uyda tayyorlangan bo’lsa, unda bunday taomdan hech kim bosh tortmaydi. Uyda tayyorlangan pitsaning asosiga istalgan mahsulotni solish mumkin.
Sizga tovuq va yorqin makkajo’xoridan tayyorlangan qiziqarli pitsa tayyorlashingizni maslahat beramiz.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
300 gramm un | |
1 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
150 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini | |
2-3 osh qoshiq smetana | |
Asosiga |
|
4 osh qoshiq ketchup | |
200 gramm motsarella pishlog'i | |
50 gramm bulg'or qalampiri | |
50 gramm makkajo'xori | |
60 gramm pomidor | |
200 gramm qaynatilgan tovuq filesi |
Elangan unga tuz, tuxum va yumshatilgan margarin solib, mayda qumoqlar hosil bo'lgunga qadar aralashtiramiz.
Smetana qo'shib, xamir qoramiz.
Xamirni sochiq bilan yopib, sovuq joyga 25-30 daqiqaga tindirishga qo'yamiz.
So'ngra xamirni ikkiga bo'lib, ustiga sochiq yopib, yana 5-10 daqiqa tindiramiz.
Har bir bo'lakni pergament qog'ozi ustida 3 millimetr qalinlikda yoyamiz.
Xamirni pergament qog'ozi bilan birga gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib, pomidor va bulg'or qalampirini ingichka tilimlarga kesib olamiz. Qaynatilgan tovuq go'shtini qo'lda titib tashlaymiz.
Pitsa xamiriga ketchup suritib, pishloqni yarimini solamiz. So'ngra bulg'or qalampiri, makkajo'xori, pomidor va tovuq go'shtini solamiz.
Ustidan qolgan pishloqni sepib chiqamiz.
Pitsani 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
300 gramm un | |
1 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
150 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini | |
2-3 osh qoshiq smetana | |
Asosiga |
|
4 osh qoshiq ketchup | |
200 gramm motsarella pishlog'i | |
50 gramm bulg'or qalampiri | |
50 gramm makkajo'xori | |
60 gramm pomidor | |
200 gramm qaynatilgan tovuq filesi |