Videoretsept: sigara borek
Masalliqlar:
-
2 ta lavash xamiriyoki yupqa xamiri
-
500 gramm mol yoki qo'y go'shti
-
150 gramm qizil piyoz
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
50 gramm bulg'or qalampiri
-
2,5 osh qoshiq pomidor pastasi
-
150 gramm pomidor
-
kashnich shoxchalari
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
100 millilitr qaynagan suv
-
150 gramm smetanabezak uchun
Yo’nalishlar
Sigara borek – bu yupqa xamirdan tayyorlanadigan qarsildoq turkcha ruletlar. Ushbu ruletlarni vatanida nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun dasturxonga tortishadi.
Ruletchalarni sabzavotlar bilan qovurilgan qiyma bilan dasturxonga tortsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 52 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta lavash xamiri | |
500 gramm mol yoki qo'y go'shti | |
150 gramm qizil piyoz | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
50 gramm bulg'or qalampiri | |
2,5 osh qoshiq pomidor pastasi | |
150 gramm pomidor | |
kashnich shoxchalari | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
100 millilitr qaynagan suv | |
150 gramm smetana |
Lavash xamirini 12 ga 12 santimetr keladigan to'rtburchaklarga bo'lib olamiz.
Ulardan naychalar yasab, yonlarini suv yordamida yopishtirib chiqamiz va 10 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.
Go'shtni go'shtmaydalagichdan chiqarib olamiz.
Qiymani yaxshilab qizdirilgan o'simlik yog'ida o'rtacha olovda tahminan 5 daqiqa aralashtirib turgan holda qovurib olamiz.
Ustidan mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoq piyozni qo'shib, yana 2-3 daqiqa qovuramiz.
So'ngra to'rtburchak shaklida to'g'ralgan bulg'or qalampirini qo'shib, o'rtacha olovda 3-4 daqiqa pishiramiz.
Pomidor pastasi solamiz va yana bir necha daqiqadan so'ng mayda to'rtburchak shaklida to'g'ralgan pomidorni solamiz.
Ta'bga ko'ra tuz, murch va ziravorlar solib, aralashtiramiz.
Qaynagan suv solib, o'rtacha olovda 15 daqiqa pishiramiz. Oxirida kashnich solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz.
Boshqa tovaga 150 millilitr o'simlik yog'ini quyib, lavash xamiridan qilingan naychalarimizni ikki taraflama qovurib olamiz.
Tayyor naychalarni qog'oz sochiqlar ustiga qo'yamiz.
Dasturxonga tortish uchun likopchani o'rtasiga smetana, ustidan qiyma qo'yib, yonlariga naychalarni joylashtirib chiqamiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Masalliqlar:
2 ta lavash xamiri | |
500 gramm mol yoki qo'y go'shti | |
150 gramm qizil piyoz | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
50 gramm bulg'or qalampiri | |
2,5 osh qoshiq pomidor pastasi | |
150 gramm pomidor | |
kashnich shoxchalari | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
100 millilitr qaynagan suv | |
150 gramm smetana |