fbpx
Pishloq solib pishirilgan lavash

Pishloq solib pishirilgan lavash

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pishloq solib pishirilgan lavash – nonushta yoki shunchaki iste’mol qilishga tayyorlash mumkin bo’lgan eng tezpishar yeguliklardan biridir.

Fast-food yegingiz kelib qolgan paytlarda esa aynan shunday lavashdan pishirib ko’ring, yoqishi shubhasiz!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

200 gramm xohlaga turdagi pishloq
150 gramm pomidor
bir nechta poyacha ko'k piyoz
2 ta lavash xamiri
Qadam 1
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz. Ko'k piyozni mayda qilib to'g'raymiz. Pomidorni ham mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Hammasini aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Har bir lavash xamirini teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Lavash xamirlarining har biriga 1/4 qismdan pishloqli aralashmani solib chiqamiz va ikkiga buklab, to'rtburchak shaklga kiritamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng har birini grill yoki oddiy quruq tovaga solib, har bir tomonini 3-4 daqiqadan qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Lavashlarni ikkiga bo'lib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm xohlaga turdagi pishloq
150 gramm pomidor
bir nechta poyacha ko'k piyoz
2 ta lavash xamiri
oldingi
Videoretsept: Xushbo’y isli qovoqli keks
keyingi
Mitbolli burgerlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.