Olma-sitrus mevali pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
100 gramm sariyog'
-
300 gramm 15-20 % li smetana
-
300 gramm un
-
10 gramm qabartma
-
Asosiga:
-
2 ta limon
-
1 ta apelsin
-
4 ta olma
-
120-140 gramm shakar
-
30 gramm makkajo'xori kraxmali
Yo’nalishlar
Ichi mevalar bilan to’la, shirin-nordon ta’mli piroglarni yoqtirsangiz, unda bu retseptimiz aynan siz uchun!
Shuning uchun ham bu retseptimizni albatta saqlab oling va undan tayyorlab, yaqinlaringizni xushnud qiling.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
100 gramm sariyog' | |
300 gramm 15-20 % li smetana | |
300 gramm un | |
10 gramm qabartma | |
Asosiga: |
|
2 ta limon | |
1 ta apelsin | |
4 ta olma | |
120-140 gramm shakar | |
30 gramm makkajo'xori kraxmali |
Xamirini tayyorlab olamiz
Tog'orachaga un, shakar, smetana, qabartma va xona haroratida yumshagan sariyog'ni solamiz. Mikser yordamida aralashtirib, xamir qorib olamiz. Xamirni yelim xaltaga solib, 2 soatga yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Aylanasi 24 sm li +qolipga pergament qog'oz to'shaymiz.
Tingan xamirni ikkiga bo'lamiz - 1/4 va 3/4.
Xamirning 3/4 qismini o'qlovda 0,5 santimetr yupqalikda yoyib olamiz va qolipga olamiz. Chetlaridan 2 sm uzulikdagi devorcha(bortik)lar hosil qilamiz.
Xamirning 1/4 qismini 10-15 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Asosini tayyorlab olamiz
Apelsin po'stlog'ini qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Apelsin va limonlarni po'sti, mag'zidagi oq pardasi va urug'chalaridan tozalab olamiz.
Blender idishiga solamiz, ustidan apelsin po'stlog'i, kraxmal va shakarni solamiz. Silliq holatga kirguniga qadar, ezib maydalab olamiz.
Olmalarni po'stini archib, to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Tayyorlab qo'yilgan xamirimizga to'g'ralgan olmani sepib chiqamiz va ustidan apelsinli pyureni quyamiz.
Muzlatgichdagi xamir bo'lagini olib, qirg'ichdan chiqarib olamiz va pirog ustidan sepamiz. Xohishga qarab, yana ustidan har xil yong'oqlardan sepish mumkin.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
100 gramm sariyog' | |
300 gramm 15-20 % li smetana | |
300 gramm un | |
10 gramm qabartma | |
Asosiga: |
|
2 ta limon | |
1 ta apelsin | |
4 ta olma | |
120-140 gramm shakar | |
30 gramm makkajo'xori kraxmali |
3 Sharhlar Hide Comments
Salom. Pergament qogozni qayerdan olsa boladi?
Assalomu aleykum! Pergament qog’oz barcha supermarketlarda, shuningdek kichik do’konlarda ham sotiladi, ustiga «Bumaga dlya vipechki» deb yozilgan bo’ladi.
Raxmat kotta.))) ,Sog boling