fbpx
Pishloq va tovuq go’shtidan tayyorlangan shnitsel

Pishloq va tovuq go’shtidan tayyorlangan shnitsel

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu taomning boshqacha nomi tovuqli quymoqchalar deb ham ataladi. Juda tez tayyorlaniladigan bunday yegulik vaqtingizni tejaydi.

Bunday taomga qoʻshimcha sifatida achchiq-chuchuk salati yoki har xil garnirlardan ham tayyorlash mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm tovuq filesi
150 gramm qattiq pishloq
3 osh qoshiq un
2 shoxcha ko'k piyoz
2 ta tuxum
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq goʻshtini 1 sm kattalikda toʻrtburchak qilib toʻgʻraymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Togʻorachaga solib, ustidan tuxum, un, qirgʻichdan chiqarilgan sarimsoqni solamiz, tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Soʻng qirgʻichdan chiqarilgan pishloq va toʻgʻralgan koʻk piyozni solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oʻrtacha olovda, xuddi quymoqchalardek tovada pishirib olamiz. Bunda har bir tarafini taxminan 3 daqiqadan qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Biror xil garnir bilan birga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tovuq filesi
150 gramm qattiq pishloq
3 osh qoshiq un
2 shoxcha ko'k piyoz
2 ta tuxum
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Frikadelka va qovoqchali lapshadan tayyorlangan yengil shoʻrva
keyingi
Ko’zachada pishirilgan tovuq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.