fbpx
Maroqandcha pomidorli salat

Maroqandcha pomidorli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Eng oddiy masalliqlardan oliy ta’mli salat retsepti! Ba’zi bir ziravorlar solinishi sabab ham salat betakror ta’m kasb etadi va bir necha daqiqa ichida tayyorlaniladi.

Maroqandcha pomidorli salatga maydalangan ziraning solinishi esa yangicha bir ta’mni his qilishga sabab bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

400 gramm pomidor
1 shoxcha petrushka
2-3 shoxcha kashnich kinza
1 shoxcha shivit
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 shoxcha ko'k piyoz
1/4 choy qoshiq maydalangan zira
1 osh qoshiq uzum sirkasi
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Pomidorlarni to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va tog'orachaga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sarimsoq piyoz va barcha ko'katlarni mayda to'g'rab, pomidor ustidan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sirka, zaytun yog'i, maydalangan zira va qolgan ziravorlarnni ham solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aralashtirib, salatni dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm pomidor
1 shoxcha petrushka
2-3 shoxcha kashnich kinza
1 shoxcha shivit
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 shoxcha ko'k piyoz
1/4 choy qoshiq maydalangan zira
1 osh qoshiq uzum sirkasi
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: makkajo’xori uni va olmadan tayyorlangan pirog
keyingi
Batafsil fotoretsept: tvorog va olchadan tayyorlangan o’rama pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.