Olchali tezpishar tartaletkalar
Masalliqlar:
-
1 o'ram tayyor qatlamali oshirma xamir
-
1 ta tuxum sarig'i
-
300 gramm danagidan ajtarilgan olcha
-
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
50 gramm shakar
Yo’nalishlar
Mana bunday olchali tartaletkalar tez tayyorlanilishi bilan sizga yoqsa, ajoyib ta’mi bilan kichkina bolajonlarning ham ko’nglidan joy egallashi aniq.
Ular uchun esa ko’p masallilar va uzoq vaqt talab etilmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 o'ram tayyor qatlamali oshirma xamir | |
1 ta tuxum sarig'i | |
300 gramm danagidan ajtarilgan olcha | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
50 gramm shakar |
Xona haroratida yumshagan xamirni olib, 3 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Bir xil kattalikdagi aylana shakllar kesib chiqamiz. Ularning teng yarmini olib, yana kichikroq aylana shakldagi qolipcha yordamida kesib chiqamiz.
Ana shu kesilgan eng kichkina aylanachalarning ustidan shakar sepib, pechda pishirib olamiz.
Birinchi kesgan butun doirachalarni patnisga teramiz, tuxum sarig'i surtamiz, ustidan ichi o'yilgan "halqa"chalarni terib chiqamiz.
190 C darajada qizigan pechda 10-13 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Danagi olingan olchalarni qozonchaga solamiz, gazga qo'yib, ustidan shakar sepamiz.
Qaynash darajasiga keltiramiz.
Kraxmalni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Quyulguniga qadar, taxminan, 2-3 daqiqa qaynatamiz.
Tartaletkalar ichiga olchali asosdan solib chiqamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 o'ram tayyor qatlamali oshirma xamir | |
1 ta tuxum sarig'i | |
300 gramm danagidan ajtarilgan olcha | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
50 gramm shakar |