Oddiy bulg’or qalampirli do’lmalar
Masalliqlar:
-
14-16 dona bulg'or qalampiri
-
600 gramm mol go'shtidan qiyma
-
100-120 gramm guruch
-
2 ta piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
100-120 millilitr muzdek suv
-
Sabzavotli qaylasiga:
-
2 ta qizil sabzi
-
2 ta piyoz
-
500 gramm pomidor
-
2 osh qoshiq pomidor pastasi
-
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
yarim bog' xohlagan ko'katlar
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Yozning eng xaridorgir mahsulotlaridan biri albatta bu bulg’orilar bo’lib, ulardan hozir to’yib olish juda zarurdir. Bunda esa qiyma va guruch solib pishirilgan do’lmalar juda qo’l keladi.
Bizning retsept asosida pishirilgan bu do’lmalar juda sersuv bo’lib pishadi.
Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 40 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
14-16 dona bulg'or qalampiri | |
600 gramm mol go'shtidan qiyma | |
100-120 gramm guruch | |
2 ta piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
100-120 millilitr muzdek suv | |
Sabzavotli qaylasiga: |
|
2 ta qizil sabzi | |
2 ta piyoz | |
500 gramm pomidor | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
yarim bog' xohlagan ko'katlar | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Guruchni ustidan qaynoq suv quyib, 20-30 daqiqaga ivitib qo'yamiz.
Tovaga yog' uyib qizdiramiz. So'ng yari halqa qilib to'g'ralgan piyoz va somoncha shakldagi sabzini solib birga qovuramiz. So'ng qirg'ichdan chiqarilgan pomidor va pomidor pastasini solamiz. Tuz va murch sepamiz.
Bulg'or qalampirlarining dumchalarini olib tashlab, yaxshilab yuvamiz.
Qiymaga piyozni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Ivitilgan guruch suvini to'kib tashlab solamiz. Muzdek suvni quyib, aralashtirib olamiz. Suv qo'shganligimiz sabab ham qiyma juda yumshoq bo'lib qoladi va shaklini ushlamaydi. Ammo do'lmalar shunda juda sersuv bo'lib pishadi.
Bulg'or qalampirlariga qiymadan solamiz.
Qozonga ozroq sabzavotlardan solamiz, ustidan to'g'ralgan sarimsoq piyoz va ko'katlardan sepamiz. So'ng esa do'lmalarni ana shunday navbati bilan terib chiqamiz.
So'ng ustidan suv quyamiz. Bunda suv do'lmalarni to'liq qoplashi shart emas.
Qaynash darajasiga keltirib, olovni pasaytiramiz va qopqog'ini yopib, 30-40 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
14-16 dona bulg'or qalampiri | |
600 gramm mol go'shtidan qiyma | |
100-120 gramm guruch | |
2 ta piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
100-120 millilitr muzdek suv | |
Sabzavotli qaylasiga: |
|
2 ta qizil sabzi | |
2 ta piyoz | |
500 gramm pomidor | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
yarim bog' xohlagan ko'katlar | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |