Tovuq va qovoqchali ruletchalar
Masalliqlar:
-
2 ta qovoqcha
-
250 gramm tovuq filesi
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
50 gramm pishloq
-
yarim bog' yashil rayhon yaproqchalari
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
30 gramm pomidor pastasi
-
surtish uchun zaytun moyi
Yo’nalishlar
Mana bunday ruletchalar juda sersuv bo’lib pishadi va dasturxoningizga ham o’z ko’rinishi bilan fayz bag’ishlaydi.
Unga qo’shilgan ko’katlar va sarimsoq piyoz esa ularga takrorlanmas ta’m bag’ishlashda ko’maklashishadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 ta qovoqcha | |
250 gramm tovuq filesi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
50 gramm pishloq | |
yarim bog' yashil rayhon yaproqchalari | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
30 gramm pomidor pastasi | |
surtish uchun zaytun moyi |
Qovoqchalarni upqa parrak qilib to'g'raymiz. Zaytun yog'idan surtib, tuz va murch sepamiz.
Qovoqchalarni 180 C darajada qiziagan pechga qo'yib, 5-7 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Tovuq go'shtini ham yupqa kesib chiqamiz va ozroq oshxona bolg'achasi bilan "uramiz". So'ng, tuz, murch va maydalangan sarimsoqni solib, aralashtiramiz. 10-15 daqiqaga marinadlab qo'yamiz.
So'ng esa pishgan qovoqchalar ustidan tovuq go'shtini qo'yib, pishloq va rayhonni sepamiz.
Ustidan pomidor pastasini taqsimlab chiqamiz.
Ularni ruletsimon shaklda o'rab chiqib, shpajkalarga terib chiqamiz. Va yana 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta qovoqcha | |
250 gramm tovuq filesi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
50 gramm pishloq | |
yarim bog' yashil rayhon yaproqchalari | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
30 gramm pomidor pastasi | |
surtish uchun zaytun moyi |