fbpx
Go’shtli taomlar uchun achchiq qayla

Go’shtli taomlar uchun achchiq qayla

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Odatiy taomlarni qanday qilib qiziqroq va mazaliroq tayyorlash mumkin? Albatta to’g’ri tayyorlanilgan qayla bilan!

Pomidor va bulg’or qalampiridan tayyorlangan achchiq qayla bilan ham oddiy qaynatilgan go’sht o’zgacha ta’mga kiradi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 15 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm pomidor
300 gramm qizil bulg'or qalampiri
1 dona achchiq qalampir
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy ooshiq shakar
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Bulg'or qalampiri va achchiq qalampirni urug'laridan tozalab, blender idishiga solamiz va ezib maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng pomidor va sarimsoq piyoz tishchasini ham solib, blenderda silliq holatga kirgunicha maydalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hammasini qozonchaga quyib, gazga qo'yamiz. Shakar solib, biroz quyulgunga qadar, taxminan 10-15 daqiqa qaynatamiz.

Oxirida ta'bga qarab tuz sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qopqog'ini yopib, sovutgichda 7 kungacha saqlash mumkin.

Bu qayla go'sht, baliq, kartoshka va pastalar bilan birga tortish uchun ayni muddaodir.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm pomidor
300 gramm qizil bulg'or qalampiri
1 dona achchiq qalampir
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy ooshiq shakar
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Kunjutga belab pishirilgan tovuq go’shti
keyingi
Videoretsept: Tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.