fbpx
Rangdor gulmohi balig’idan steyk

Rangdor gulmohi balig’idan steyk

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Rangdor gulmohi(forel) balig’ini tez va oson tayyorlash retseptlaridan birini taqdim etamiz. Bu baliqdan tayyorlangan steyk — foydali kechki ovqat uchun ajoyib g’oya hisoblanadi.

Bu retsept uchun siz tayyor kesilgan steyklardan yoki butun baliqdan ishlatishingiz mumkin (bizlar bunda baliqning faqat filesidan foydalandik).

Baliqlarni to’g’rayotganda, steyk uchun ularning qalinligi 2-3 sm bo’lishi kerakligini unutmang.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 80 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm rangdor gulmohi balig'i (forel')
yarimta limon sharbati
2 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Baliq filesidan pinset yordamida suyakchalarini terib tashlaymiz.

So'ng qog'oz sochiq bilan artib, chuqurroq idishga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuz va murch sepib, limon sharbati bilan zaytun yog'ini sepamiz.

Qo'lda yaxshilab aralashtiramiz olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 10 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Bu vaqt mobaynida salat yoki garnir tayyorlab turish mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Tovani yaxshilab qizdirib olamiz. Yog' quymasak ham bo'ladi, chunki uning marinadiga yog'dan quygan edik, shuning o'zi yetarli.

Baliq bo'laklarini qizigan tovaga terib chiqamiz(bizlar grill tovadan foydalandik).

Qadam 5
Tugallandi

Baliqning bir tomonini qizarguniga qadar, taxminan 3-4 daqiqa qovuramiz. So'ng ularni ag'darib, yana taxminan 3 daqiqacha qovuramiz.

Muhim! Baliqni uzoq qovurmang, aks holda quruq va bemaza bo'lib qoladi.

Qadam 6
Tugallandi

Qaylani tayyorlab olamiz:

Qozonchaga qaymoq, xantal, tuz va murch solib, biroz qizdiramiz. Aralashtirib, ikki daqiqaga tindirib qoyamiz. Qayla tayyor!

Baliq tayyor! Uni kartoshka, limon, zaytun mevalari va sabzavotlar bilan birga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm rangdor gulmohi balig'i (forel')
yarimta limon sharbati
2 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Ideal darajali bezelar
keyingi
Videoretsept: meksikancha usulda pishirilgan tovuq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.