Videoretsept: Mayonezda qorilgan pishloqli pechenyelar
Masalliqlar:
-
170 gramm un
-
100 gramm qattiq pishloq
-
100 gramm Maselkadan "Pishloqli" mayonezi
-
50 gramm margarin yoki sariyog'
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq qabartma
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2 choy qoshiq zira
-
2 choy qoshiq kunjut
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+1 osh qoshiq suv
Yo’nalishlar
Bizlar mayonezdan mazali pechenyelar tayyorlash mumkin deb hech ham o’ylamagan edik. Ammo pechenyelar juda lazzatli ta’mda bo’lib, juda tez tayyorlaniladi.
Bir necha daqiqada pechenyelar dasturxondan qanday tugaganini sezmay ham qolasiz, shu sababli undan ko’proq tayyorlayvering.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
170 gramm un | |
100 gramm qattiq pishloq | |
100 gramm Maselkadan "Pishloqli" mayonezi | |
50 gramm margarin yoki sariyog' | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 choy qoshiq zira | |
2 choy qoshiq kunjut | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+1 osh qoshiq suv |
Tog'orachaga mayonez, yumshagan sariyog' va tuxumni solib, mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.
Qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarilganpishloqni solib, aralashtirib olamiz.
Tuz va qabartmani sepib, aralashtirib olamiz.
Oz-ozdan unni sepib, tezda xamir qorib olamiz.
Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.
Tingan xamirni 0.5 sm qalinlikda yoyib olamiz.
Pichoq yordamida xohlagan shakldagi pechenyelar kesib olamiz.
Tuxum sarig'i va suvni aralashtirib, pechenyelar ustidan surtib chiqamiz.
Ustidan zira, kunjut va ta'bga qarab, murch sepamiz.
180 C darajada qizigan pechda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan pechenyelarni pech panjarasiga terib, sovutib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
170 gramm un | |
100 gramm qattiq pishloq | |
100 gramm Maselkadan "Pishloqli" mayonezi | |
50 gramm margarin yoki sariyog' | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 choy qoshiq zira | |
2 choy qoshiq kunjut | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+1 osh qoshiq suv |