Qo’ziqorin va pishloq solib pishirilgan tovuqli kotletlar
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq filesi
-
100 gramm shampinyon
-
1 dona tuxum
-
yarim bog' shivit
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
100 gramm qattiq pishloq
Yo’nalishlar
Tovuq go’shtidan qilinadigan kotletlar juda mayin va sersuv bo’lib pishadi. Agar ularga qo’ziqorin va pishloq solinsa bormi, oddiy kuningizni bayramga aylanishi aniq.
Bunday kotletlarga qattiq pishloqni qirg’ichdan chiqarib solamiz, shampinyonlar o’rniga esa shuningdek xohlagan pishlog’ingizdan solishingiz ham mumkin.
Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 19 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
100 gramm shampinyon | |
1 dona tuxum | |
yarim bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
100 gramm qattiq pishloq |
Tovuq go'shti, shampinyon va shivitni juda mayda qilib to'g'raymiz yoki blenderda maydalab olamiz.
Pishloqni qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.
Barcha masalliqlarni bitta idishga solamiz, tuz va murch sepamiz.
Yaxshilab aralashtirib, kotletchalar yasab olamiz.
Tovaga yog' quyib, kotletlarni terib, avval birinchi tomonini qovurib olamiz.
So'ng qopqog'ini yopib, 1.5-2 daqiqa dimlab, ag'daramiz. Qopqog'ini yopib, dimlab pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
100 gramm shampinyon | |
1 dona tuxum | |
yarim bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
100 gramm qattiq pishloq |