Yasmiqli quyuq sho’rva
Masalliqlar:
-
3/4 piyola qizil yasmiq doni
-
1 dona kartoshka
-
1 dona sabzi
-
1 bosh piyoz
-
1.5 piyola suv
-
1/2 osh qoshiq pomidor pastasi
-
1-2 choy qoshiq quritilgan yalpiz
-
ta'bga ko'ra ziravorlar
Yo’nalishlar
Mana bir necha yildan beri, quyuq sho’rvalar insonlar tomonidan sevib iste’mol qilinadi. Quyuq sho’rvalarning ta’bga ko’ra turlari ko’p bo’lib, ularni tayyorlash juda ham osondir. Yasmiqli quyuq sho’rva ham aynan shunday.
Biz bugun sizlarga xuddi shunday sho’rva tayyorlashni tavsiya qilmoqchimiz.
Masalliqlar:
3/4 piyola qizil yasmiq doni | |
1 dona kartoshka | |
1 dona sabzi | |
1 bosh piyoz | |
1.5 piyola suv | |
1/2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1-2 choy qoshiq quritilgan yalpiz | |
ta'bga ko'ra ziravorlar |
Kartoshka, sabzi va piyoz kichik to'rtburchak shaklda to'g'raladi.
Yasmiq doni suv tiniqlashguncha yaxshilab yuviladi.
Yog' qizdirib olinadi (o'simlik yog'i, sariyog' yoki ularning aralshmasa solsa ham bo'ladi), piyoz, sabzi va kartoshka biroz qovuriladi va so'ngra yasmiq solinadi. Suv solinib, sabzavotlar pishguncha, taxminan 15-20 daqiqa davomida qaynatiladi. Ta'bga ko'ra ziravorlar, pomidor pastasi va limon sharbati solinadi.
Tayyor aralashma blender yordamida eziladi. Ta'tib ko'riladi, zaruriyat tug'ilsa, yana ziravorlardan qo'shiladi.
Masalliqlar:
3/4 piyola qizil yasmiq doni | |
1 dona kartoshka | |
1 dona sabzi | |
1 bosh piyoz | |
1.5 piyola suv | |
1/2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1-2 choy qoshiq quritilgan yalpiz | |
ta'bga ko'ra ziravorlar |
3 Sharhlar Hide Comments
Yaxshi
Nechi kishiga monjsllangan? Neci kosa ciqadi bh retseptdan
Tahminan 4-5 kosa chiqadi.