fbpx
Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti

Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Italyancha taomlarni xush ko’ruvchilar uchun quyuq pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti retseptini taqdim etamiz.

Bu ishtahaochar taom o’zining ajoyib ifori bilan butun oila a’zolarini bir dasturxon atrofida jam qilishi shubhasiz.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 31 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.

Masalliqlar:

400 gramm tovuq filesi
400 gramm pomidor
40 gramm pomidor pastasi
300 gramm spagetti
1-2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq quritilgan rayhon
qovurish uchun o'simlik yog'i
birga tortish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
Qadam 1
Tugallandi

Spagettilarni qaynayotgan tuz solingan suvda "al dente" darajasida qaynatib olamiz (pishgan, ammo biroz qattiqroq bo'ladi).

Qadam 2
Tugallandi

Spagetti qaynagunicha tovuq filesini 0.5 sm qalinlikdagi bo'laklarga bo'lamiz.

Tovaga ozgina yog' solib, tovuq bo'laklarini bir qator terib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuqni 2-3 daqiqa qovurib olamiz, so'ng mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz va yarim choy qoshiq quritilgan rayhonni sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq bo'laklarini ag'darib, tuz sepamiz va baland olovda 1-2 daqiqa qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovuq go'shtlarini shunday usulda pishirib olamiz va boshqa idishga solib, qopqog'ini yopib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan pomidorlarni po'stini archib, qirg'ichdan chiqarib olamiz yoki juda mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovuqni qovurib olgan tovamizga pomidorlarni solib, o'rtacha olovda dimlab pishiramiz. Pomidor o'zidan sharbatini ajrata boshlagach esa qolgan sarimsoqpiyoz, rayhon, pomidor pastasi va tuzni solib aralashtiramiz.

2-3 daqiqa dimlaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tovuqni qayla icihiga solamiz, aralashtirib, olovni o'chiramiz. Qopqog'ini yopib, 5 daqiqaga tindiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Spagettini ham qayla ichiga solib aralashtiramiz va likopchaga tortamiz. Xohishga qarab, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm tovuq filesi
400 gramm pomidor
40 gramm pomidor pastasi
300 gramm spagetti
1-2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq quritilgan rayhon
qovurish uchun o'simlik yog'i
birga tortish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
oldingi
Kartoshkali kotletlar
keyingi
Polyakcha olmali pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.