fbpx
Go’sht va olxo’rili salat

Go’sht va olxo’rili salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Chiroyli, to’yimli va shu bilan birga juda mazali bu salat yangi yil bayrami dasturxoningizdan alohida o’rin egallashiga hech shubha yo’q. Go’sht va olxo’rini noananaviy uyg’unlashtirishdan hosil bo’lgan ta’m esa esa yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.

Bu salatning afzalligi shundaki, uni dasturxonga turlicha ko’rinishda tortish mumkin. Masalan: masalliqlar salat idishga qavat-qavat qilib teriladi, yoki har bir kishiga alohida mo’ljallangan stakanga solinadi, eng oddiy lekin mazali chiqadigan usuli esa u masalliqlar hammasi aralashtirilib so’ng dasturxonga tortiladi.

Masalliqlar:

200 gramm qaynatilgan mol go'shti
1 dona olma
2 ta tuxum
50 gramm qattiq pishloq
50 gramm olxo'ri
30 gramm yong'oq
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab mayonez
ta'bga qarab qora murch
Qadam 1
Tugallandi

1-qadam

Olma po'stlog'i archilib, o'zi qirg'ichning katta tishidan o'tkaziladi.

Qadam 2
Tugallandi

2-qadam

Tuxum to'rtburchak shaklda to'g'raladi.

Qadam 3
Tugallandi

3-qadam

Qaynatilgan go'sht va olxo'ri somoncha shaklida yupqa qilib to'g'raladi.

Qadam 4
Tugallandi

4-qadam

Barcha masalliqlar bitta idishga solinib, ustidan maydalangan yong'oq va ziravorlar sepiladi. So'ng esa mayonez solib yaxshilab aralashtiriladi.
Qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq salatga solinib, aralashtiriladi yoki chiroyli ko'rinish kasb etishi uchun shunchaki ustiga sepiladi.
Yangi yil dasturxoningizga ko'rk beradigan yangiliklardan iborat mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm qaynatilgan mol go'shti
1 dona olma
2 ta tuxum
50 gramm qattiq pishloq
50 gramm olxo'ri
30 gramm yong'oq
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab mayonez
ta'bga qarab qora murch
oldingi
Gulkaramli quyuq sho’rva
keyingi
Qo’ziqorinli quyuq sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.