fbpx
Videoretsept: Kurka go’shtidan kavkazcha kabob

Videoretsept: Kurka go’shtidan kavkazcha kabob

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kurka go’shti oddiy tovuq go’shtiga qaraganda bir necha marta mazaliroq ta’mda bo’lib, shuningdek u juda sersuv bo’lib pishadi. Ayniqsa undan tayyorlanilgan kabobni ta’riflashga til ojiz.

«Kulinar» ishlab chiqaruvchilari esa tez tayyorlaniladigan va albatta lazzatli kechki ovqat uchun kurkadan qilingan kavkazcha kaboblarni savdoga chiqarishibdi.

Shuningdek bunday shnitsellar oldindan marinadlab qo’yilganligi sabab, juda tez pishadi.

Aytgancha «Kulinar» savdo belgisidan taqdim etilgan mahsulotlarga buyurtma berish ham mumkin bo’lib, ular qilgan buyurtmangizni uyingizgacha yetkazib beradilar. Shartlari va buyurtmani qanday rasmiylashtirish haqida bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Masalliqlar:

1 o'ram "Kulinar"dan ishlab chiqarilgan kurka go'shtidan kavkazcha kabob
100 gramm shampinyon
100 gramm pomidor cherry
tortish uchun har xil ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni xona haroratida eritib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Go'sht va sabzavotlarni navbat bilan cho'plar (shpajka)ga tiqib chiqamiz.

Tavsiya! Agar cho'plarni 10-15 daqiqa suvga ivitib qo'ysak, kaboblar yanada sersuv bo'lib pishadi.

Qadam 3
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan qolipga kaboblarni terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kaboblarni issiqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @kulinar.nishonbaxt

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Кulinar

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 o'ram "Kulinar"dan ishlab chiqarilgan kurka go'shtidan kavkazcha kabob
100 gramm shampinyon
100 gramm pomidor cherry
tortish uchun har xil ko'katlar
oldingi
Yurakchasimon pechenyelar
keyingi
Asal va yong’oqli pirog (kovrijka)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.