Tunets balig’i va quritilgan pomidordan salat
Masalliqlar:
-
1 bog' salat bargi
-
1 bog' rukkola
-
70 gramm qaynatilgan nut no'xati
-
1 banka konservalangan tunets balig'i
-
50 gramm quritilgan pomidor
-
1 osh qoshiq zaytun moyi
-
1 dona tuxum
-
1 osh qoshiq balzam sirkasi
Yo’nalishlar
Tunets balig’i va pomidor qoqilardan tayyorlanilgan salat haqiqiy italyancha lazzatli yegulik hisoblanar ekan.
Bu salatdagi no’xat o’rniga konservalangan loviyadan solib, 5-10 daqiqa ichida mazali salatdan tayyorlash mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 bog' salat bargi | |
1 bog' rukkola | |
70 gramm qaynatilgan nut no'xati | |
1 banka konservalangan tunets balig'i | |
50 gramm quritilgan pomidor | |
1 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 dona tuxum | |
1 osh qoshiq balzam sirkasi |
Tuxumni biroz yumshoqroq qilib qaynatib olamiz.
No'xatni yumshagunicha qaynatib olamiz. Agarda siz xom no'xatdan xarid qilgan bo'lsangiz, uni avval bir kecha sovuq suvda ivitib qo'ying, ana undan so'ng uni qaynatib olamiz.
Salatga mo'ljallangan idishga salat bargi, rukkola va quritilgan pomidorlarni solamiz.
Tunets balig'ini ham sanchiqda ezib, ustidan terib chiqamiz.
Tuxumni to'rtga bo'lib, salat ustiga qo'yamiz.
Tuz, murch sepamiz, balzamli sirka va zaytun yog'idan quyamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 bog' salat bargi | |
1 bog' rukkola | |
70 gramm qaynatilgan nut no'xati | |
1 banka konservalangan tunets balig'i | |
50 gramm quritilgan pomidor | |
1 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 dona tuxum | |
1 osh qoshiq balzam sirkasi |