Tovuq go’shti solib pishirilgan kannellonilar
Masalliqlar:
-
1 o'ram "kannelloni" makaronlari
-
700 gramm tovuq go'shtidan tayyorlangan qiyma
-
1 bosh piyoz
-
3 dona qizil sabzi
-
2-3 osh qoshiq pomidor pastasi
-
250 gramm qaymoq
-
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
ta'bga qarab yangi uzilgan rayhon
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bugun bizlar qiziqarli taom retseptini sizlarning e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Bu taom uchun kannelloni deb ataluvchi maxsus makaronlardan foydalaniladi.
Tovuq go’shtini sevib iste’mol qiluvchilarga bu taom albatta yoqadi.
Tayyotlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 o'ram "kannelloni" makaronlari | |
700 gramm tovuq go'shtidan tayyorlangan qiyma | |
1 bosh piyoz | |
3 dona qizil sabzi | |
2-3 osh qoshiq pomidor pastasi | |
250 gramm qaymoq | |
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
ta'bga qarab yangi uzilgan rayhon | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Piyozni mayda to'g'rab olamiz, sabzilarni esa qirg'ichning o'rtacha tishchasidan chiqarib olamiz. Tovaga yog'ni solib, sabzavotlarni qovurib olamiz.
Qiymaga qovurilgan sabzaotlarni solamiz, tuz va murch sepib, aralashtiramiz.
Pomidor qaylasiga qaymoqni solib aralashtiramiz, bir nechta rayhon yaproqchalarini to'g'rab, qaylaga solamiz.
Makaronlarga qiymali aralashmalardan solib chiqamiz va issiqqa chidamli idishga terib chiqamiz. Ustidan qayladan quyib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 35 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng qirilgan pishloqdan sepib chiqamiz va yana 10 daqiqa davomida pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 o'ram "kannelloni" makaronlari | |
700 gramm tovuq go'shtidan tayyorlangan qiyma | |
1 bosh piyoz | |
3 dona qizil sabzi | |
2-3 osh qoshiq pomidor pastasi | |
250 gramm qaymoq | |
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
ta'bga qarab yangi uzilgan rayhon | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |