fbpx
Multivarkada pishirilgan behi va go’shtli taom

Multivarkada pishirilgan behi va go’shtli taom

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oshxonada har xil tajribalar o’tkazishni xush ko’rasizmi? Unda behi solib pishiriladigan bu taomdan ham tayyorlab ko’ring.

Xushbo’y behi va go’shtning uyg’unligi taomga biroz noodatiy, ammo juda mazali ta’m bag’ishlaydi. Tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 50 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo mol yoki qo'y go'shti
4 ta behi
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta dolchin tayoqchasi
10 dona quritilgan gvazdika
500 millilitr suv yoki bulyon
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni 2x2 sm kattalikda to'g'rab olamiz, tuz va murch sepamiz. Multivarkaga yog' va go'shtni solib, "qovurish" - "go'sht" tugmalarini bosamiz.

Agarda siz qozonda tayyorlasangiz, unda go'shtni yaxshilab qizartirib qovuring.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidorlarni po'stini archib, kattaroq to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Go'sht qovurilgandan so'ng, ustidan gvazdika, dolchin tayoqchasi va pomidorlarni solamiz. Ustidan suv yoki bulyon quyamiz. So'ng "dimlash" tugmasini bosub, 2-3 soat davomida pishirib olamiz.

Agar qozonda pishirsangiz, unda olovni pasaytirib, 2 soat dimlab pishiring.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor bo'lishiga 20 daqiqa qolganda, behilarni danagidan tozalab, bo'laklarga bo'lamiz va go'sht ustidan solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xohishga qarab taomni o'zini yoki qaynatilgan giruch bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo mol yoki qo'y go'shti
4 ta behi
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta dolchin tayoqchasi
10 dona quritilgan gvazdika
500 millilitr suv yoki bulyon
oldingi
«Calzone» pitsasi
keyingi
Amerikancha olmali pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.