Qovoqli pyuredan tayyorlanilgan keks
Masalliqlar:
-
220 gramm un
-
300 gramm qovoqli pyure
-
120 gramm yumshatilgan sariyog'
-
120 gramm shakar
-
3 ta tuxum
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
2 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
-
50 gramm tozalangan qovoq urug'i yoki pista
-
50 gramm mayiz
Yo’nalishlar
Qovoqli pyuredan tayyorlanilgan keks juda shirin va yumshoq chiqadi. Pishganidan so’ng uning ichiga qovoq solingan deb hech kim o’ylamasligi aniq.
Qovoqli pyure tayyorlash uchun yapon qovog’ini teng ikkiga bo’lib, danaklaridan tozalaymiz. Gaz pechi patnisini yog’lab, kesilgan tomonini pastga qilib, qovoqlarni qo’yamiz va gaz pechida yumshaguniga qadar, taxminan 40 daqiqa pishiramiz. Pishgandan so’ng qoshiq bilan blender idishiga solib, maydalab olamiz yoki sanchiqda ezamiz.
Masalliqlar:
220 gramm un | |
300 gramm qovoqli pyure | |
120 gramm yumshatilgan sariyog' | |
120 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
2 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
50 gramm tozalangan qovoq urug'i yoki pista | |
50 gramm mayiz |
Tog'orachaga un, tuz va qabartmani solib aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.
Yumshoq sariyog' bilan shakarni 2 daqiqa yaxshilab ko'pirtiramiz. Ustidan tuxumlarni bitta-bitta solib ko'pirtiramiz.
Ustidan qovoqli pyure va vanil shakarini solib, yana ko'pirtirib olamiz.
So'ng unli aralashmani solamiz va aralashtiramiz.
Qovoq urug'chasi yoki pistani tozalab solamiz, mayiz ham solishni unutmaymiz.
Uzunchoq qolipni yog'lab, xamirni quyamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan keksni 10 daqiqa davomida sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz va to'liq sovigunga qadar qoldiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
220 gramm un | |
300 gramm qovoqli pyure | |
120 gramm yumshatilgan sariyog' | |
120 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
2 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
50 gramm tozalangan qovoq urug'i yoki pista | |
50 gramm mayiz |