Guruchli undan tayyorlangan pishloqli quymoqchalar
Masalliqlar:
-
200 gramm 5-9 % li tvorog
-
2 ta tuxum
-
6 osh qoshiq yog'siz qatiq
-
6-8 osh qoshiq guruch uni
-
yarim choy qoshiq iste'mol sodasi
-
yarim bog' shivit yoki ko'k piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
Yo’nalishlar
Bu pishloqli quymoqchalardan iste’mol qilish glyutensiz parhez tutuvchilarga ham to’g’ri keladi. Chunki ular o’zida umuman bug’doy unini saqlamaydi.
Bolalar va kattalar uchun ham birdek foydali va xavsiz yegulik sanaladi.
100 gramm mahsulotning taxminiy ozuqaviy qiymati quyidagicha: 193,6 kKal, oqsillar — 13,97 gr, yog’lar — 7 gr, uglevodlar -17,77 gr.
Masalliqlar:
200 gramm 5-9 % li tvorog | |
2 ta tuxum | |
6 osh qoshiq yog'siz qatiq | |
6-8 osh qoshiq guruch uni | |
yarim choy qoshiq iste'mol sodasi | |
yarim bog' shivit yoki ko'k piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq |
Kattaroq tog'oraga barcha masalliqlarni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Guruchli unni siz bozorlardagi koreyscha salatlar sotiladigan rastalardan qidiring. Sifatli guruchli un oppoq rangda bo'ladi, kulrangsimon undan xarid qilmang. Yumaloq donli guruchdan tayyorlaniladihlgan sifatli guruchli un "misikargi" deb nomlanadi.
Tovaga ozroq yog'dan quyib, quymoqchalarni ikkala tomonidan qizartirib qovurib olamiz. Har bir tomonini taxminan 3-4 daqiqadan qovuramiz.
Qovurish jarayonida quymoqlar xuddi yopishgandek bo'ladi, xavotir olmang, ularni yaxshilab qizartirib, keyin ag'daring.
Bunday quymoqlarni issiqligida iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm 5-9 % li tvorog | |
2 ta tuxum | |
6 osh qoshiq yog'siz qatiq | |
6-8 osh qoshiq guruch uni | |
yarim choy qoshiq iste'mol sodasi | |
yarim bog' shivit yoki ko'k piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq |