Pishloq solib pishirilgan kartoshka-garmoshka
Masalliqlar:
-
6-8 kartoshkao'rtacha
-
150 gramm qattiq pishloq
-
50 gramm sariyog'
-
2-3 chou qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra zaytun ko'katlari
Yo’nalishlar
Antiqa pishloqli kartoshka-bayramona yoki kundalik dasturxoningizni bezashi aniq. Ushbu taom vegetarian insonlar uchun juda mos keladi, go’shtxo’rlar esa taomni kotlet yoki pishirilgan go’sht bilan to’ldirib, tanovvul qilsalar bo’ladi.
Ko’rinishi ajoyib, ta’mi takrorlanmas va asosiysi oilaviy taomnomaga rang-baranglik baxsh etadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi-12 000 so’mni tashkil qiladi.
Masalliqlar:
6-8 kartoshka | |
150 gramm qattiq pishloq | |
50 gramm sariyog' | |
2-3 chou qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zaytun ko'katlari |
Kartoshkani yuvib, tozalaymiz.
Maslahat: kartoshkalar bir vaqtda pishishi uchun bir xil kattalikdagisini tanlaganingiz ma'qul.
Har bir kartoshkani ikki osh qoshig'i yoki taxtali tayoqchalarning o'rtasida tutib, har 0.3 smdan keyin chuqur qilib kesamiz.
Kartoshkalarni tuz va ziravorlarga bulab olamiz.
Pishloqni yupqa parrak qilib kesib, kartoshkadagi kesimlar orasiga qo'yib chiqamiz.
Pishirish uchun mo'ljallangan qolipni yog'lab, kartoshkalarni taxlab chiqamiz. Ammo kartoshkalar orasida joy qolishi lozim.
Har bir kartoshka tugunagi ustiga bir necha sariyog' bo'lagini qo'yib chiqamiz.
Qolipni zarqog'oz bilan yopib, 180 darajada qizib turgan gaz pechiga taxminan 40-60 daqiqaga qo'yamiz. Bu kartoshkaning kattaligiga bog'liq.
Kartoshkaning pishganini tekshirish uchun, tish tozalagichdan foydalanamiz. Agarda u bemalol kartoshkaning ichiga kirsa, demak vaqt bo'ldi. Taomimizni issiq holda dasturxonga tortamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
6-8 kartoshka | |
150 gramm qattiq pishloq | |
50 gramm sariyog' | |
2-3 chou qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zaytun ko'katlari |