Ko’zachada pishirilgan tovuq
Masalliqlar:
-
600 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
800 gramm kartoshka
-
200 gramm bulg'or qalampiri
-
150 gramm piyoz
-
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
2-3 ta lavr yaprog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1,5 stakan suv yoki bulyon
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
Xamirdan tayyorlanilgan qopqoqchalariga:
-
1 stakan to'la bo'lmagan un
-
0,5 stakan suv
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
yarim choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Ko’zachalarda tovuq va kartoshkali taomdan tayyorlab ko’rganmisiz? Juda mayin va yumshoq pishgan bu ovqatdagi kartoshkalar umuman ezilib ketmaydi.
Ko’zachalardagi taom birinchdan juda ishtahaochar bo’lsa, ikkinchidan juda ham mazali chiqadi.
Masalliqlar:
600 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
800 gramm kartoshka | |
200 gramm bulg'or qalampiri | |
150 gramm piyoz | |
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
2-3 ta lavr yaprog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1,5 stakan suv yoki bulyon | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Xamirdan tayyorlanilgan qopqoqchalariga: |
|
1 stakan to'la bo'lmagan un | |
0,5 stakan suv | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
yarim choy qoshiq tuz |
Qopqoqchalari uchun xamir
Idishga un, tuz, o'imlik yog'i va oz-ozdan un solib yumshoq xamir qoramiz.
Qotib qolmasligi uchun ustini sochiq bilan yopamiz va 15-20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Tovuq go'shtini o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.
Tovaga yog' solib qizdiramiz va tovuq go'shtini to rangi o'zagarguniga qadar, taxminan 2-3 daqiqa qovurib olamiz.
Tuz va paprikani sepib aralashtiramiz va alohida idishga olib qo'yamiz.
Piyoz va bulg'or qalampirini to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.
Sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz.
Kartoshkani po'stini archib, katta-katta to'g'raymiz.
Tovaga ozroq o'simlik yog'i solib piyozni qovuramiz, ustidan bulg'or qalampirini solamiz, 2-3 daqiqa qovuramiz.
So'ng kartoshkalarni solib, baland olovda 3-4 daqiqa birga qovuramiz. So'ng ta'bga qarab achchiq qalampir, lavr yaprog'i, paprikani solib, aralashtiramiz va gazdan olamiz.
Ko'zachalarga tovuq, ustidan kartoshkali aralashmani solamiz va shu jarayonni bir necha bor qaytaramiz.
Sersuv bo'lishi uchun esa ustida
Ko'zacha og'ziga suv bilan aralashtirilgan tuxumdan surtamiz. Ko'zacha soni qancha bo'lsa, xamirni shuncha qismga bo'lamiz va patirchalardek yoyamiz. Ko'zachani istini yopib, chetlarini yopishtiramiz. Bug'i chiqib ketishi uchun, bir nechta joyini teshamiz.
180 C darajada 60 daqiqa pishiramiz, so'ng olovni o'chirib 20 daqiqaga qoldiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
600 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
800 gramm kartoshka | |
200 gramm bulg'or qalampiri | |
150 gramm piyoz | |
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
2-3 ta lavr yaprog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1,5 stakan suv yoki bulyon | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Xamirdan tayyorlanilgan qopqoqchalariga: |
|
1 stakan to'la bo'lmagan un | |
0,5 stakan suv | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
yarim choy qoshiq tuz |