Videoretsept: uyda tayyorlanadigan «Oreo» pechenyesi
Masalliqlar:
-
140 gramm sariyog'
-
200 gramm bug'doy uni
-
200 gramm shakar upasi
-
1 tuxum
-
50 gramm kakao kukuni
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 o'ram vanil shakari
-
1 chimdim tuz
-
Kremi
-
150 gramm qaymoqli pishloq
-
50 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
30 gramm shakar upasi
Yo’nalishlar
Shokolad bo’lakchalari va mayin kremdan tarkib dunyoga mashhur «Oreo» pechenyesini nafaqat do’konlardan xarid qilish, balki uy sharoitida tayyorlash ham mumkin.
Ushbu mazali shirinlikni tayyorlash uchun eng oddiy mahsulotlar va biroz vaqt kerak bo’ladi.
Kerakli mahsulotlardan 18-20 dona pechenye hosil bo’ladi.
Shirinligimizni pishirish uchun taxminan 26 000 so’m talab etiladi.
Masalliqlar:
140 gramm sariyog' | |
200 gramm bug'doy uni | |
200 gramm shakar upasi | |
1 tuxum | |
50 gramm kakao kukuni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 o'ram vanil shakari | |
1 chimdim tuz | |
Kremi | |
150 gramm qaymoqli pishloq | |
50 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
30 gramm shakar upasi |
Xona sharoitida yumshagan sariyog' ocharib, massamiz ko'pikli holatga kelgunicha mikserda aralashtiriladi.
Shu aralashmaga shakar upasi, vanil shakari va tuxum qo'shilib, aralashtirish davom ettiriladi.
Alohida idishda elangan unga kakao kukuni,qabartma va tuz qo'shilib, aralashtiriladi.
Unli aralashmamiz asta sekinlik bilan yo'gli qorishmamizga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamirimiz qo'lga yopishmaydigan, ammo yumshoq bo'lishi darkor.
Hamir yoyilib, undan kichkina dumaloq shakllar kesib olinadi, agarda pechenyelar uchun maxsus shtamplar bo'lsa, o'yma andazalar bilan bezatsa bo'ladi.
List usti yog'lanib, zarqog'oz bilan qoplangach, pechenyelar taxlab chiqiladi.
Pechenyelar 180 darajagacha qizdirilgan gaz pechiga12-15 daqiqaga qo'yiladi.
Kremni tayyorlaymiz
Mikser yordamida qaymoq, qaymoqli pishloq va shakar upasi- quyuqlasahib hajmida ko'payguniga qadar aralashtiriladi. Aralashtirish toki kremimiz zich, ammo havoli va yengil ko'pikka aylangunicha davom ettiriladi.
Krem maxsus qandolat qopchasiga solinib, muzlatgichga yarim soatga qo'yiladi.
Yaxshilab sovigan ikki pechenyeni o'rtasiga krem suriladi va bir-biriga yopishtiriladi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
140 gramm sariyog' | |
200 gramm bug'doy uni | |
200 gramm shakar upasi | |
1 tuxum | |
50 gramm kakao kukuni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 o'ram vanil shakari | |
1 chimdim tuz | |
Kremi | |
150 gramm qaymoqli pishloq | |
50 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
30 gramm shakar upasi |