«Yong’oqcha» pechenyesi
Masalliqlar:
-
400 gramm un
-
2 ta tuxum
-
100 gramm shakar
-
140 gramm eritilgan sariyog'yoki margarin
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
1 choy qoshiq qabartma
-
200 gramm tozalangan yong'oqta'bga qarab
-
1 banka qaynatilgan quyultirilgan sut
-
Yo’nalishlar
Necha-necha yillar o’tsa ham, «Yong’oqcha» pechenyesi haligacha sevib iste’mol qilinadi.
Bunday pechenyelarni tayyorlash juda ham oson, eng asosiysi esa ularni tayyorlash uchun kerakli qolip bo’lsa bas.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 18 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
400 gramm un | |
2 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
140 gramm eritilgan sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 choy qoshiq qabartma | |
200 gramm tozalangan yong'oq | |
1 banka qaynatilgan quyultirilgan sut | |
Tuxum bilan shakarni yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Shakar oxirigacha erishi kerak.
Eritilgan, iliq sariyog' va vanilinni tuxumli aralashma ustidan solamiz va aralashtirib olamiz.
Un bilan qabartmani elab solamiz va yumshoqqina xamir qoramiz.
Un biroz ko'proq yoki kamroq solinishi mumkin.
Xamir sal yog'li bo'ladi, bundan xavotir olmang, shunday bo'lishi kerak.
"Yong'oqcha" pechenyesiga mo'ljallangan qolipni qizdirib olamiz. Bizlar elektr tokida ishlaydiganidan foydalandik.
So'ng xamirdan gilosdek kattalikdagi bo'lakchalarni ajratib olamiz va qolipga solib ustidan bosamiz. Yopib, tillarangga kirgunicha pishirib olamiz.
Asosiga:
Qaynatilgan quyultirilgan sutga yong'oqni maydalab solamiz va aralashtirib solamiz.
Pishgan pechenyelarni sovutib, yarmiga to'ldirib asosdan solamiz va ikkinchisi bilan yopamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm un | |
2 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
140 gramm eritilgan sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 choy qoshiq qabartma | |
200 gramm tozalangan yong'oq | |
1 banka qaynatilgan quyultirilgan sut | |
1 Sharhlar Hide Comments
Juda zor chiqdi tayyorlab koringlar😋😋😋