fbpx
«Rafaello» salati

«Rafaello» salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Rafaello» deb nafaqat mazali konfetlar, balki ajoyib bir salatga ham aytiladi. Qanday qilib deysizmi? Buning uchun bizlarga faqatgina uch xil masalliqlar kerak bo’ladi.

Bunday salat dasturxoningizga o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
10 dona zaytun mevasi
250 gramm qattiq pishloq
2 osh qoshiq mayonez
3 ta tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumlarni yaxshilab qaynatib olamiz, sovutib po'stidan tozalaymiz va qirg'ichning mayda tishchasidan chiqartirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishloqni ham xuddi shunday qirg'ichdan chiqaramiz va tuxum, mayonez solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Ta'bga qarab, tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashmadan xuddi yong'oqdek koptokchalar yasab olamiz, ta'bga qarab ichiga danagi yo'q zaytun mevasi, yong'oq solib qilishingiz ham mumkin. Bu hammasi o'zingizning xohishingizga bog'liq.

Qadam 4
Tugallandi

Qisqichbaqa tayoqchalarini biroz muzlatib, so'ng qirg'ichning kichkina tishchasidan chiqartirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Koptokchalarni maydalangan qisqichbaqa tayoqchalariga elab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ularni bir soatga sovutgichga olib qo'yamiz, va undan so'ng esa dasturxonga tortib iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
10 dona zaytun mevasi
250 gramm qattiq pishloq
2 osh qoshiq mayonez
3 ta tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Zar qog’ozda pishirilgan italyancha tovuqli taom
keyingi
Bezeli «Atirgul» pechenyelari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.