Lanchboks uchun g’oya: quymoqli sendvich
Masalliqlar:
-
2 bo'lak baget yoki sendvichga mo'ljallangan non
-
1 dona tuxum
-
30 gramm pishloq
-
bir nechta shoxsha shivit
-
ta'bga qarab tuz
-
1 osh qoshiq sariyog'
Yo’nalishlar
Bu maqolamizda bizlar maktabda o’qib yurgan bolajonlarimiz och qolmasdan, yaxshi yurishlari uchun tayyorlasa bo’ladigan har xil mazali yeguliklar tayyorlash sirlarini o’rgatamiz.
Maktabda iste’mol qilsa bo’ladigan yegulik va ichimliklarni tanlayotganda, ularning foydali ekanligiga ishonch hosil qilishimiz shart. Bunday mahsulotlarga, masalan, Danone kompaniyasining mahsulotlarini misol qilish mumkin. Ularning farzandlarimizning yaxshi o’sishi uchun kalsiy va D guruh vitaminiga to’yintirilgan «Rastishka» yogurt va tvoroglari ham mazali, ham foydaliligi bilan ko’pchilikni xursand qilib kelmoqda.
Lanchboksni to’ldirish variantlari
– quymoqli sendvich
– apelsin
– zaytun mevasi
– «cherry» pomidori
– krekerlar
– yogurt
Umumiy qoidalar:
- Lanchboksga albatta quruq va nam salfetkalardan solish kerak.
- Salat bargini buterbrotga solmoqchi bo’lsangiz, unda uni yuvgandan so’ng yaxshilab quritib oling (aks holda sendvich namlanib, yumshab qoladi).
- agarda bankachaga yogurt solib bermoqchi bo’lsangiz unda choy qoshiq yoki bir martalik qoshiqchalardan solib qo’ying.
- Ishlaydigan onalar esa kechqurun lanchbokslarni tayyorlab qo’yib, sovutgichga olib qo’yishlari ham mumkin. Bir kechada bu yeguliklar aynib qolmaydi.
- Sut, tuxum, qaynatilgan go’sht kabi tez aynuvchi mahsulotlarni sovutgichdan olgandan so’ng 4 soat ichida yeyish kerak. Bu haqida bolangizni albatta ogohlantirib qo’ying.
Masalliqlar:
2 bo'lak baget yoki sendvichga mo'ljallangan non | |
1 dona tuxum | |
30 gramm pishloq | |
bir nechta shoxsha shivit | |
ta'bga qarab tuz | |
1 osh qoshiq sariyog' |
Pishloqni qirg'chning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.
Shivitni esa mayda to'g'raymiz.
Non bo'laklarini o'rtasidan ozroq o'yib olamiz, ichi chuqurroq bo'lishi kerak. Chunki ichiga tuxumli aralashmadan solamiz.
Kosachaga tuxumni chaqib solamiz, ustidan qirilgan pishloq, shivit va tuz solib aralashtiramiz.
Har bir non bo'lagiga bir osh qoshiqdan aralashmadan solamiz va ikkta non bo'lagini ehtiyotkorlik bilan birlashtiramiz.
Tovaga sariyog' bo'lakchasidan solamiz, sendvichlarni terib, qopqog'ini yopamiz va past olovda ikkala tomonidan pishirib olamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.