Tovuq go’shti va ko’k pishloqdan tayyorlanilgan salat
Masalliqlar:
-
300 gram tovuq go'shti (lahm)
-
tabga ko'ra tuz va murch
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
-
150 gram pomidor
-
150 gram bodring
-
yarimta petrushka yoki kashnich
-
150 gram shakarsiz yogurt
-
100 gram ko'k pishloqRokfor, Dor Blyu, Gorgonzola,
-
yarimta limon
-
4-5 ta Aysberg salat bargi
Yo’nalishlar
Yengil, ishtahaochar va juda mazali taomlar shinavandalariga bu salat repsertini taqdim etamiz. Bu salat o’z qomatiga e’tibor beruvchlar va nafaqat mazali, balki foydali taom tarafdorlari uchun ayni muddao.
Yangi uzilgan sabzavotlar bilan tovuq go’shti, ko’k pishloq birlashmasidan hosil bo’lgan ta’m hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 33 000 so’m sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
300 gram tovuq go'shti (lahm) | |
tabga ko'ra tuz va murch | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
150 gram pomidor | |
150 gram bodring | |
yarimta petrushka yoki kashnich | |
150 gram shakarsiz yogurt | |
100 gram ko'k pishloq | |
yarimta limon | |
4-5 ta Aysberg salat bargi |
Tovuq go'shtini yuvib quritamiz. Zaytun moyi, tuz, murch va paprikani bitta idishga solib aralashtiramiz va shu aralashmani tovuqqa surtib chiqamiz. Shu marinadda tovuqni 15 daqiqa qoldiramiz.
So'ng tovuq go'shtini oddiy yoki grill tovada qovurib olamiz.
Biroz sovutib, keyin o'rtacha kattalikda to'g'raymiz.
Masalliqlar:
300 gram tovuq go'shti (lahm) | |
tabga ko'ra tuz va murch | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
150 gram pomidor | |
150 gram bodring | |
yarimta petrushka yoki kashnich | |
150 gram shakarsiz yogurt | |
100 gram ko'k pishloq | |
yarimta limon | |
4-5 ta Aysberg salat bargi |