fbpx
Videoretsept: mak va tvorogli pirog

Videoretsept: mak va tvorogli pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

  • Xamiriga:

Yo’nalishlar

Mak bilan tvorog birlashmasi odatiy emas albatta, ammo ishoning, bunday uyg’unlik juda ham ajoyib ta’mni hosil qiladi! Pirogning tashqi ko’rinishi ishtahaochar, ta’mi esa juda mayindir.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Asosiga:
500 gramm tvorog
60 gramm mak
2 ta tuxum
100 gramm shakar
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
Xamiriga:
100 gramm sariyog'
50 gramm shakar
1 dona tuxum
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm un
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog'ni eritib sal sovutamiz, ustidan tuxum va shakarni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qabartma va vanil bilan elangan unni solamiz va xamir qoramiz.

Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Mak ustidan qaynoq suv solib, 20 daqiqa ivitib qo'yamiz.

So'ng, suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tvorogni blenderda maydalab olamiz,

Tuxum sarig'ini esa shakar bilan oqarguniga qadar ko'pirtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tvorog ustidan mak, kraxmal va ko'pirtirilgan tuxum sarig'ini solamiz,

Qadam 6
Tugallandi

Tuxum oqini alohida ko'pirtirib olamiz va tvorogli aralashmaga qo'shib, tepadan pastga qaratib ohista aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolipga pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni sovutgichdan olib, qolipga yoya boshlaymiz. Chetlarini sal teparoq qilib yoyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustidan asosini solib, tekislaymiz va 180 C darajada 60 daqiqa davomida pishirib olamiz, Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Asosiga:
500 gramm tvorog
60 gramm mak
2 ta tuxum
100 gramm shakar
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
Xamiriga:
100 gramm sariyog'
50 gramm shakar
1 dona tuxum
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm un
oldingi
Baqlajon va tovuq qo’shib pishirilgan pirog
keyingi
Tovuq go’shti va ko’k pishloqdan tayyorlanilgan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.