fbpx
Brinza va baqlajondan tayyorlanilgan to’rtburchaklar

Brinza va baqlajondan tayyorlanilgan to’rtburchaklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun baqlajon, brinza va pomidordan ajoyib pishiriq tayyorladik va uning retseptini hoziroq sizlarga ham taklif qilamiz.

Bunday yegulikni iliq holatida ham, yaxna holatida ham iste’mol qilish mumkin.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta baqlajon
4 ta pomidor
120 gramm brinza
bir nechta rayhon yaqroqchalari
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Baqlajonlarni uzunasiga yupqa qilib to'g'rab olamiz.

Tuz sepib, 10-15 daqiqa qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baqlajonlarni yuvib, quritamiz.

So'ng ozroq yog' solingan tovada qizartirib qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Brinza va pomidorni yupqa to'g'raymiz, sarimsoqpiyozni maydalab ezamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ikkita baqlajon bo'lagini x shaklida ustma-ust qo'yamiz, ustidan brinza va pomidor bo'laklarini qo'yib, tuz va murch sepamiz. Uchlari bilan yopib, ustiga yana bitta pomidor bo'lagini qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Rayhon yaproqchasini qo'yib, tishkovlagich bilan birlashtiramiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta baqlajon
4 ta pomidor
120 gramm brinza
bir nechta rayhon yaqroqchalari
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Bolalar oshxonada: Xamirli qopchadagi olmalar
keyingi
Panna Kotta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.