Videoretsept: Qatlamali xamirdagi shokolad
Masalliqlar:
-
1 dona shokoladli plitka
-
1 o'ram tayyor qatlama xamir
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Qatlamali xamir ichiga shokolad solib pishirilgan bugungi pirogimizni tayyorlash juda ham oson bo’lib, 3 tagina masalliqlar kerak bo’ladi.
Agar sizda ortiqcha bo’sh vaqt bo’lmasa-yu, lekin mazali shirinlikdan bahramand bo’lishni istasangiz, unda bu pishiriqdan albatta tayyorlab ko’ring.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 dona shokoladli plitka | |
1 o'ram tayyor qatlama xamir | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |
Qatlamali xamirni muzlatgichdan olamiz va sal yumshashi uchun 20 daqiqaga qoldiramiz.
Xamirni shokoladli plitka kengligidan kattaroq yoyib olamiz.
Xamirning o'rtasiga shokolad plitkasini qo'yamiz.
Xamirning ikkita chetki tomonini uzun lentalardek kesib chiqamiz.
Burchaklarini kesib olamiz, ularni alohida pishirsak ham bo'ladi.
Xamirning avval ustki va ostki tomonlarini buklaymiz.
So'ng chetlarini chiroyli qilib yopishtiramiz, xuddi o'ralgan sochdek chiroyli chiqsin.
Gaz pechi patnisiga qo'yib, ustiga tuxum sarig'ini surtamiz.
Xohishga qara ustiga yong'oq yoki dolchindan sepsak ham bo'ladi.
200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 dona shokoladli plitka | |
1 o'ram tayyor qatlama xamir | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |