fbpx
  • Asosiy
  • Gazaklar
  • La Cantine kafesidan retsept: Lasosdan tayyorlanilgan terrinlar
La Cantine kafesidan retsept: Lasosdan tayyorlanilgan terrinlar

La Cantine kafesidan retsept: Lasosdan tayyorlanilgan terrinlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Lasos balig’idan tayyorlanilgan terrinlar tayyorlanilishi oson, ammo juda mazali bo’lgan gazaklar hisoblanadi! bu yegulikni tayyorlash 10-15 daqiqa vaqtingizni oladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 35 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

50 gramm kam tuzlangan lasos
140 gramm tvorogli pishloq
1 dona limon
3 gramm tuz
2 gramm qora murch
2 gramm oregano
30 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 dona baget yoki bulochka
ta'bga qarab qizil ikra
40 gramm rukkola
Qadam 1
Tugallandi

Terrinni aralashtirish uchun piyolacha olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Lasosni to'rtburchak to'g'rab, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ikki xil pishloqni aralashtirib olamiz. Massa sal suyuqroq bo'lishi uchun 1 osh qoshiq qaymoq va 1/4 limon sharbatini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Lasosni pishloq ichiga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ichiga murch, dengiz tuzi va oregano kukunidan solamiz. Aralashtirib, sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Aralashmamiz sovutgichda turganida esa bagetlarni qovurib olamiz. Ustiga pishloqli aralshma, rukkola va qizil ikradan qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

50 gramm kam tuzlangan lasos
140 gramm tvorogli pishloq
1 dona limon
3 gramm tuz
2 gramm qora murch
2 gramm oregano
30 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 dona baget yoki bulochka
ta'bga qarab qizil ikra
40 gramm rukkola
oldingi
Tovuq go’shti va qovoqchadan tayyorlanilgan kotletlar
keyingi
Pishirishni talab qilmaydigan shokoladli chizkeyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.