fbpx
Ziravorlar bilan dimlab pishirilgan tovuq oshqozonchalari

Ziravorlar bilan dimlab pishirilgan tovuq oshqozonchalari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ko’pchilik bekajonlar tovuqning oyoqchalari, to’shi, qanotchalaridan mazali taomlar pishirishadiyu, ammo uning oshqozon va yurakcha kabi mazali qismlari haqida unutib qo’yishadi.

Ziravorlar qo’shib, pomidorli qaylada pishirilgan bu taom juda ham mazali bo’lib, bolalarga ham, kattalarga ham juda yoqadi.

Bu taomni tayyorlashdan oldin, tovuq oshqozonchalarini yaxshilab yuvish talab etiladi. Yuvib, ortiqcha yog’ va pelyonkalaridan tozalab olamiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 10 000 so’m pul sarflaymiz.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm tovuq oshqozonchalari
400 gramm piyoz
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta lavr yaprog'i
5-6 dona qalampirmunchoq
Qadam 1
Tugallandi

Chuqurroq tovaga yog' solib qizdiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni yupqa yarim halqa to'g'raymiz va yog'da tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oshqozonchalarni yaxshilab yuvgandan so'ng, oriqcha yog'laridan tozalaymiz va teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshqozonchalarni piyoz ustidan solib, 15 daqiqa qovuramiz, so'ng pomidor pastasini solib, yana ikki daqiqacha qovurib pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suv solamiz, suv tovuq oshqozonchalaridan 7-9 sm teparoqda bo'lishi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Barcha ziravorlarni sepib, 2 soat qopqoq ostida dimlab pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

2 soatdan so'ng qopqog'ini ochib ko'ring, agarda suvi ko'p bo'lsa, unda 30 daqiqa qopqoqsiz pishirib oling. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm tovuq oshqozonchalari
400 gramm piyoz
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab tuz va murch
2 ta lavr yaprog'i
5-6 dona qalampirmunchoq
oldingi
Paisley Salad Bar kafesidan retsept: Ananas va rukkolali salat
keyingi
Sutda pishirilgan bo’g’irsoqlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.