Videoretsept: bulgur va turshak qo’shib tayyorlanilgan tovuqli rulet
Masalliqlar:
-
600 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
80 gramm bulgur
-
150 millilitr suv
-
100 gramm turshak
-
50 gramm yong'oq
-
300 gramm sabzavotlarqovoqcha, kartoshka, sabzi, loviya
-
50 gramm qizil piyoz
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
-
1 choy qoshiq asal
-
ta'bga qarab sarimsoqpiyoz kukuni
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga qarab tuz
Yo’nalishlar
Ko’pchilik bekajonlar yangicha taomlar pishirib yaqinlarini lol qoldirgisi keladi. Shu sabab ham, bizlar siz azizlarga, ba’zan shunday retseptlar ham taqdim qilamiz.
Bulgur, turshak va tovuq go’shtidan tayyorladigan noodatiy taom ajoyib ta’m kasb etib, sizga albatta yoqadi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m pul sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
600 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
80 gramm bulgur | |
150 millilitr suv | |
100 gramm turshak | |
50 gramm yong'oq | |
300 gramm sabzavotlar | |
50 gramm qizil piyoz | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 choy qoshiq asal | |
ta'bga qarab sarimsoqpiyoz kukuni | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz |
Bulg'urni idishga solib, ustidan qaynoq suv solamiz va ustini yopib, 5-10 daqiqaga qoldiramiz.
So'ng qopqog'ini ochib, sanchqi bilan ezamiz.
Tovaga zaytun yog'ini solamiz, qizil piyozni to'g'rab qovuramiz. Ustidan to'g'ralgan turshak solib, 1-2 daqiqa qovuramiz, so'ng asal solib, 1 daqiqa qizdiramiz va gaz ustidan olamiz.
Sovigan piyoz ustidan bulg'ur, yong'oqni solamiz, ta'bga qarab tuz sepamiz va aralashtiramiz.
Tovuq go'shtini oshxona bolg'achasi bilan yaxshilab uramiz.
Tuz va murch sepamiz.
Ikkita go'sht bo'lagiga teng taqsimda asosni solamiz
Go'shtni rulet qilib o'raymiz, ochilib ketmasligi uchun esa ip bilan bog'lab olamiz.
Ruletlarni ustiga zaytun yog'i surtib, paprika va sarimsoqpiyoz kukuni sepamiz.
Sabzavotlarni qolipga solamiz, tuz va murch sepamiz.
Sabzavotlarning ustidan ruletlarni joylashtiramiz.
Qolipni ustini folga bilan yopib, 180 C da 35 daqiqa, so'ng folgasiz 25 daqiqa pishirib olamiz. Kesib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
600 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
80 gramm bulgur | |
150 millilitr suv | |
100 gramm turshak | |
50 gramm yong'oq | |
300 gramm sabzavotlar | |
50 gramm qizil piyoz | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 choy qoshiq asal | |
ta'bga qarab sarimsoqpiyoz kukuni | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz |