fbpx
Videoretsept: Turkcha pide

Videoretsept: Turkcha pide

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Pide — bu milliy turkcha yegulik bo’lib, pitsaga ham, pirogga ham o’xshab ketadi. Bizlar uni tovuq go’shti, sabzavotlar va pishloqdan tayyorladik.

Bu pishiriq pitsadan farqliroq juda yumshoq chiqadi. Orangizda bunday pishiriqdan hali tayyorlamagan bo’lsangiz, unda hozir buning ayni fursati.

 

Masalliqlar:

Xamiriga:
350 gramm un
1 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq quruq xamirturush
250 millilitr iliq sut
2 osh qoshiq zaytun moyi
Asosiga:
250 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
200 gramm piyoz
150 gramm pomidor
100 gramm sariq bulg'or qalampiri
1 osh qoshiqdan ketchup va mayonez
200 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar
1 dona tuxum sarig'i ustiga surtish uchun
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz. Iliq sutga shakar, tuz, yog' va xamirturushni solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga unni solamiz va ustidan sutli aralashmani solib, o'rtacha yumshoqlikdagi xamir qoramiz.

Ustini sochiq bilan yopib, 30-40 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir tinguniga qadar asosini tayyorlab olamiz. Buning uchun tovaga yog' solib, qizdiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qiyma va mayda to'g'ralgan piyozni solib biroz qovuramiz. Birgalikda taxminan 10 daqiqa qovuramiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Bulg'or qalampiri va pomidorni kichikroq to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qiymali aralashmani idishga olamiz va ustidan to'g'ralgan ko'kat solib aralashtiramiz. Bizlar petrushkadan foydalandik.

Qadam 7
Tugallandi

Oshgan xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Stolga un sepib, xamirlarni oval shaklida yoyib olamiz va gaz patnisiga qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Mayonez va ketchupni aralshtirib xamirlarni ustidan surtib chiqamiz. Ustidan qiymali aralashmani qo'yib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

So'ng ustidan to'g'ralgan bulg'or qalampiri va pomidorni sepamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ikkita uchlarini birlashtirib, chetlarini tepaga bukib chiqamiz. chetlariga tuxm sarig'i surtamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib, pie ustidan sepamiz. 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
350 gramm un
1 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq quruq xamirturush
250 millilitr iliq sut
2 osh qoshiq zaytun moyi
Asosiga:
250 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
200 gramm piyoz
150 gramm pomidor
100 gramm sariq bulg'or qalampiri
1 osh qoshiqdan ketchup va mayonez
200 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar
1 dona tuxum sarig'i ustiga surtish uchun
oldingi
Qulupnayni to’g’ri muzlatish
keyingi
Shirchoy

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.