fbpx
Sabzavotlar va pasta bilan pishirilgan tovuqli taom

Sabzavotlar va pasta bilan pishirilgan tovuqli taom

Masalliqlar:

  • Pastasiga:

  • Sabzavot va tovuqli taomiga:

Yo’nalishlar

Sabzavotlarning foydali xususiyatlarini yo’qotmasdan qanday tayyorlash mumkin? Bunda albatta WOK tovasi yordam beradi. Bu mazali taomni tayyorlash sizdan bir necha daqiqani talab qiladi.

Bu tovaning devorlari yupqa, o’zi konus shaklida bo’lib, su sabab ham barcha masalliqlar tovaning o’rtasida, olovga yaqin joylashadi. Bunday tovada taom juda tez pishadi. Lekin taomning tagi olmasligi uchun, uni muntazam aralashtirib turish shart.

Masalliqlar:

Pastasiga:
200 gramm javdar uni
300 gramm bug'doy uni
2 ta tuxum
150 mililitr ismaloq sharbati
ta'bga qarab tuz
Sabzavot va tovuqli taomiga:
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
200 gramm piyoz
150 gramm yashil bulg'or qalampiri
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
190 gramm qizil sabzi
200 gramm gulkaram
200 gramm veshenkalar
300 gramm yangi chiqqan kartoshkalar
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab soya qaylasi va sedana urug'lari
Qadam 1
Tugallandi

Ikki xil unni ham tog'orachaga elab solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ismaloq sharbatiga tuzni solib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirga ismaloq sharbati va tuxumni solib, qattiqroq xamir qoring. Tog'orachani ustini likopcha bilan yopib, xamirni tindirib qo'yamiz. Har 20 daqiqada xamirni mushtlab olamiz. Xuddi shunday ikki marta mushtlab, so'ng yana birozga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bu vaqt mobaynida qolgan masalliqlarni tayyorlab olamiz. WOK tovasini ishlatishdan oldin barcha sabzavotlar to'g'ralgan bo'lishi shart. Tovaning chetlari yupqa bo'lganligi sabab ham, pishiradigan sabzavotlarimiz tezda tayyor bo'ladi.

Qadam 5
Tugallandi

Tovuq go'shtini katta-katta to'g'rab olamiz, taxmminan 2-3 sm.

Gulkaramni ham bo'laklarga bo'lamiz.

Sabzini somoncha shaklida to'g'raymiz.

Piyozni yarim halqa to'g'rab olamiz.

Bulg'or qalampirlarini uzunchoq to'g'rab olamiz.

Qo'ziqorinni katta-katta to'g'raymiz.

Sarimsoqpiyozni teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kartoshkalarni tuzli suvga solib, alohida pishgunicha qaynatib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga yog'ni solamiz.

Tovuqni solib qovuramiz va muntazam kovlab turamiz.

U biroz qizargandan so'ng sabzi va gulkaramni solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Karam va sabzi biroz pishgandan so'ng boshqa sabzavotlarni solamiz.

Sabzavotlarni tayyorlash jarayonida muntazam kovlab turish shart.

Qadam 9
Tugallandi

Qaynatilgan kartoshkalarni teng ikkiga bo'lib, sabzavotlar ustidan solamiz.

Birgalikda yana bir necha daqiqa qovuramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ta'bga qarab tuz seping (pishgan taom soya qaylasi bilan birga tortilishini hisobga olib, tuzni shunga qarab soling).

Ta'bga qarab sedana urug'ini sepib olovni o'chiring.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirni yupqaroq yoyib, uzun tasmalar kesib oling yoki lapsha kesadiganingiz bo'lsa, undan foydalaning.

Qadam 12
Tugallandi

Qaynagan tuzli suvda lapshani qovurib olamiz.

Suvini to'kib, lapshani sabzavotlar ustidan solamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Olovni yoqib, birga taxminan 4-5 daqiqa qizdiramiz.

Ta'bga qarab soya qaylasi bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Pastasiga:
200 gramm javdar uni
300 gramm bug'doy uni
2 ta tuxum
150 mililitr ismaloq sharbati
ta'bga qarab tuz
Sabzavot va tovuqli taomiga:
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
200 gramm piyoz
150 gramm yashil bulg'or qalampiri
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
190 gramm qizil sabzi
200 gramm gulkaram
200 gramm veshenkalar
300 gramm yangi chiqqan kartoshkalar
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab soya qaylasi va sedana urug'lari
oldingi
Turkcha quymoq
keyingi
Tvorogli krem qo’shilgan halqachalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.