fbpx
Karbonaro pastasi

Karbonaro pastasi

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mashhur pazanda Jeymi Oliverning ustozi – Antonio Karluchchodan mazali Karbonaro pastasining retsepti.

Karbonaro pastasining klassik retsepti Al-dente usulida (ya’ni tishlaganda sal qattiqroq bo’lib turadigan) qaynatilgan spagettidan, qovurilgan bekon, pishloq va tuxumdan tayyorlaniladi. Bu taom juda tez tayyorlaniladi, kutilmagan mehmon kelib qolganda ham sizni qo’llab yuboradi.

Nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Sifatli spagettilar: ya’ni ularni qaynatganimizda ezilib ketmasligi kerak.

Bekon. Agarda siz dudlangan cho’chqa go’shti iste’mol qilmasangiz, unda uni kurka go’shtiga almashtiring. Ularni qovurib olib, qog’oz sochiq ustiga terib chiqamiz, shunda ortiqcha yog’idan xalos bo’lgan bo’lamiz.

Pishloq. Iloji bo’lsa parmezan pishlog’idan foydalaning, hozirda bunday pishloqni poytaxtimizning savdo shaxobchalaridan bemalol topishingiz mumkin. Lekin, ta’bga qarab uni xohlagan qattiq pishloqqa almashtirishingiz mumkin.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm spagetti
100 gramm bekon yoki kurka go'shti
3 ta tuxum
1 dona tuxum sarig'i
100 gramm qattiq pishloq
Qadam 1
Tugallandi

Spagettilarni qaynayotgan tuz solingan suvda qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Spagetti qaynagunicha, bekon yoki kurka go'shtini somoncha shaklida to'g'rab, tovada qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumni chaqib idishga solamiz, tuz qo'shib sanchiqda ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum ustidan spagetti, qovurilgan go'sht va pishloqni solib aralashtiramiz. Likopchaga suzib, ustidan pishloq sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm spagetti
100 gramm bekon yoki kurka go'shti
3 ta tuxum
1 dona tuxum sarig'i
100 gramm qattiq pishloq
oldingi
«Beshamel'» qaylasi
keyingi
Videoretsept: Yopiq pitsa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.