fbpx
Stuzzico kafesidan retsept: xandon pistali profitrolilar

Stuzzico kafesidan retsept: xandon pistali profitrolilar

Masalliqlar:

  • Qaynatib pishiriladigan xamiriga:

  • Kremiga:

  • Ganashiga:

Yo’nalishlar

Bugun Stuzzico kafesi o’zining ajoyib shirinliklaridan biri bo’lmish, xandon pista qo’shib pishirilgan profitrolilar retseptini bizlar bilan bo’lishishga qaror qildi.

Bu kafeda pitsalardan tashqari, har xil shirinliklar ham tayyorlaniladi. Bunday profitrolilar – yong’oqlarning xushbo’y hidi bilan boyitilgan, juda mayin shirinliklar, o’zining nafis ko’rinishi bilan ishtahani ochadi. Krem va uning asosi xandon pista pastasidan tayyorlanilgan bo’lib, bu quruq meva shinavandalariga albatta yoqadi.

Masalliqlar:

Qaynatib pishiriladigan xamiriga:
250 millilitr sut
100 gramm sariyog'
150 gramm un
4 dona tuxum
bir chimdim shakar
bir chimdim tuz
Kremiga:
375 gramm qaymoq 45 % li
125 gramm shakar
75 gramm xandon pistali pasta
Ganashiga:
175 gramm oq shokolad
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
35 gramm xandon pistali pasta
Qadam 1
Tugallandi

Xamiri

Idishga sut, shakar, tuz va sariyog'ni solib aralashtiramiz va gaz plitasiga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz. Unni solamiz va past olovda 3 daqiqa davomida aralashtirib turamiz. So'ng chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sovigandan so'ng, bittadan tuxum solamiz va aralashtiramiz. Suyuq xamir hosil bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni pishiriq qopchasiga solamiz. Patnisga pergament qog'oz toshab, ustidan aylanasi 3 sm li, balandligi 1,5 sm li xamirlar solib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

165 °C darajada qizdirilgan gaz pechida tillarangga kirgunicha pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kremi

Qaymoq, shakar va xandon pistali pastani yaxshilab ko'pirtiramiz, quyuqligi smetanaga o'xshab qoladi.

Qadam 6
Tugallandi

Ganashi

Qaymoqni qaynatib olamiz, so'ng shokolad va xandon pistali pastani solib aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan xamirlarimizning ichi bo'sh bo'lib pishadi, shuning uchun ham kremni pishiriq qopchasiga solamiz va ichiga quyib chiqamiz. UIstidan esa ganashni quyib, ta'bga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Qaynatib pishiriladigan xamiriga:
250 millilitr sut
100 gramm sariyog'
150 gramm un
4 dona tuxum
bir chimdim shakar
bir chimdim tuz
Kremiga:
375 gramm qaymoq 45 % li
125 gramm shakar
75 gramm xandon pistali pasta
Ganashiga:
175 gramm oq shokolad
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
35 gramm xandon pistali pasta
oldingi
Yangi kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo’y sonlari
keyingi
Yangi karam va pishloqdan qilingan to’rtburchaklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.