fbpx
  • Asosiy
  • Gazaklar
  • Yashil no’xat va dudlangan lasos balig’idan tayyorlanilgan quymoqlar
Yashil no’xat va dudlangan lasos balig’idan tayyorlanilgan quymoqlar

Yashil no’xat va dudlangan lasos balig’idan tayyorlanilgan quymoqlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bayramlarda bezatadigan dasturxoningizga yangilik kiritish maqsadida bizlar sizlarga yangicha yegulik retseptini taqdim etamiz.

Dudlangan lasos balig’i va yashil no’xatdan tayyorlanilgan bu yegulik noodatiy ta’mda bo’lib, barchani diqqatini o’ziga tortishi aniq.

Masalliqlar:

500 gramm yangi muzlatilgan no'xat
2 ta tuxum
2 osh qoshiq shakarsiz yogurt
100 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
200 gramm tvorogli pishloq
1 ta limon po'sti
240 gramm dudlangan lasos balig'i
ta'bga qarab tuz va murch
bir-ikkita yalpiz yaproqchalari
Qadam 1
Tugallandi

Yashil no'xatni muzlatib olamiz va blender idishiga solib, ezib maydalaymiz.

Ustidan un, qabartma, tuxum va yogurtni solib yana blenderda maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'ini solamiz, bir qoshiqdan xamir solib, ikkala tomonidan 2-3 daqiqadan pishirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yalpizni mayda to'g'rab olamiz, tvorogli pishloqqa qirg'ichdan chiqarilgan limon po'sti va yalpizni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Quymoqchalar ustiga tvorogli pishloqdan surtamiz, yupqa kesilgan lasos balig'i bilan ustini yopamiz.

Yana shu jarayonni yana bir marotaba takrorlaymiz: quymoq+tvorogli pishloq+ lasos balig'i.

Yeguliklarni limon bo'lakchalari bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm yangi muzlatilgan no'xat
2 ta tuxum
2 osh qoshiq shakarsiz yogurt
100 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
200 gramm tvorogli pishloq
1 ta limon po'sti
240 gramm dudlangan lasos balig'i
ta'bga qarab tuz va murch
bir-ikkita yalpiz yaproqchalari
oldingi
Non pishirgichda tayyorlanilgan non
keyingi
Videoretsept: Tvorogli galeta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.