Xamir ichiga solib pishirilgan do’lma
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
700 gramm un
-
230 millilitr suv
-
1.5 choy qoshiq tuz
-
20 millilitr o'simlik yog'i
-
Asosiga:
-
200 gramm guruch
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
200 gramm piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Xamir ichiga solib pishiriladigan do’lmalar juda antiqa taom bo’lib, shunga qaramasdan ilk marotaba iste’mol qilinganda deyarli barchaga yoqadi.
Bu taom uchun oddiy oshxamirdan foydalanamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 28 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
700 gramm un | |
230 millilitr suv | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
200 gramm guruch | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
200 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Oddiy oshxamir tayyorlab olamiz va uni 30-40 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Asosini tayyorlab olamiz
Piyozni mayda to'g'rab olamiz, guruchni yarim tayyor bo'lguniga qadar qaynatib olamiz.
Kattaroq idishga qiyma, piyoz va guruchni solib, aralashtirib olamiz.
Tuz va murch sepamiz, qiyma unchalik yog'li bo'lmasa, unda bir-ikki qoshiq o'simlik yog'idan solamiz.
Xamirni teng uchga bo'lamiz.
Har birini 2 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Xamirni eniga 10 sm dan qilib kesib olamiz.
Xamir bo'laklarining chetlariga qiymadan solib chiqamiz va ruletga o'xshatib o'raymiz. Chetlarini pichoqda tekislab kesib chiqamiz.
Mantiqosqonga yog' surtib, ruletlarni terib chiqamiz.
Mantiqosqon suvi qaynashni boshlagandan so'ng, do'lmalarni qo'yamiz va qopqog'ini yopib, 35-40 daqiqa dimlab pishiramiz.
Smetana va ko'katlar bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
700 gramm un | |
230 millilitr suv | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
200 gramm guruch | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
200 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch |