Videoretsept: uyda tayyorlangan motsarella pishlog’i
Masalliqlar:
-
3 litr pasterizatsiya qilinmagan sut
-
100-120 millilitr 9% li sirka
-
70 gramm tuz
Yo’nalishlar
Motsarella — italiyada kashf etilgan pishloq. Pishloq ustida yupqa plyonkasi bor, o’zi esa biroz yumshoq va ko’p qatlamli. Uy sharoitida, atigi 3 masalliqdan motsarella pishlog’ini tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
3 litr pasterizatsiya qilinmagan sut | |
100-120 millilitr 9% li sirka | |
70 gramm tuz |
Sutni chuqur idishga quyib 50C darajagacha isitamiz. Sut issiq bo’lishi kerak, qaynoq emas.
Sutni olovdan olib, aralashtirishni to’xtatmasdan sirkani oz-ozdan qo’shamiz.
Sut zardob va pishloqli massaga ajralganda, pishloqni qoshiq yordamida yeg’amiz.
Pishloqli massani kastryuldan chiqarib olib, siqamiz.
Zardobni 75-80C darajagacha qizdiramiz. Kastryulyadan bug’ chiqishi kerak.
Pishloqni issiq zardobga bir necha soniyaga solib, chiqarib, cho’zishni boshlaymiz. Buni, yaxshisi, qalin qo’lqopda qilish kerak.
Pishloqni zardobga ora orada solib, motsarellani cho’zishni davom etamiz.
Massa bir-xil holatga kelganda, bir-nechta dumaloqcha yasab, muz solingan suvga 10 daqiqaga solamiz.
Hosil bo’lgan dumaloqchalarni plyonkaga o’rab, 1 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Masalliqlar:
3 litr pasterizatsiya qilinmagan sut | |
100-120 millilitr 9% li sirka | |
70 gramm tuz |
2 Sharhlar Hide Comments
Zur
Rahmat!)