Videoretsept: tvister sendvichi
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
350 gramm un
-
200 millilitr qaynoq suv
-
20 gramm o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq tuz
-
Sous uchun
-
200 millilitr smetana
-
1 ta bodring
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 bog' petrushka
-
Nachinka uchun
-
250 gramm tovuq filesi
-
2 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qora murch
-
100 gramm un
-
100 gramm quritilgan non bo'laklari
-
2 ta tuxum
-
1 ta pomidor
-
1 bog' salat bargi
-
150 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Barcha tez ovqat kafelarida sotiladigan, mashhur tvister sendvichini uy sharoitida tayyorlash oson. O’zingiz tayyorlaganingizda u yanada mazzali va foydali bo’ladi, ichiga esa tabga ko’ra masalliq qo’shish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 36 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
350 gramm un | |
200 millilitr qaynoq suv | |
20 gramm o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
Sous uchun |
|
200 millilitr smetana | |
1 ta bodring | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 bog' petrushka | |
Nachinka uchun |
|
250 gramm tovuq filesi | |
2 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch | |
100 gramm un | |
100 gramm quritilgan non bo'laklari | |
2 ta tuxum | |
1 ta pomidor | |
1 bog' salat bargi | |
150 millilitr o'simlik yog'i |
Chuqur idishda elangan unni tuz bilan aralashtiramiz.
Qaynoq suv va o’simlik yog’i qo’shamiz.
Barcha masalliqlarni, kuyib qolmaslik uchun, qoshiq yordamida aralashtiramiz - qaynoq suvda xamir tez yopishadi, shuning uchun tez-tez aralashtiramiz.
Xamir qoramiz. 3 daqiqa davomida silliq holatgacha qoramiz. Xamir yumshoq bo’lishi kerak, ko’p ishlov bermaymiz. Tayyor xamirni paketga solib, 20 daqiqaga tindirish uchun chetga olib qo’yamiz.
Tingan xamirni 8 bo’lakga bo’lamiz va har birini dumaloq shaklga keltiramiz. Ustini sochiq bilan yopib 10 daqiqaga qoldiramiz.
Har bir bo’g’irsoqni 18 sm diametr qilib yoyamiz.
Qizdirilgan quruq tovada o’rtacha olovda qizartirib ikki tomonini qovuramiz.
Bodringni mayda qirg’ichdan o’tkazamiz. Sarimsoqni presslab maydalaymiz. Petrushkani mayda qilib to’g’raymiz.
Idishda smetana, bodrig, sarimsoq, petrushka va tuzni aralashtiramiz.
Tovuq filesini bo’laklarga bo’lib idishga solamiz va ziravorlar bilan marinadlaymiz.
Alohida idishlarda quritilgan non bo’laklari (panirovka), un va ko’pirtirilgan tuxumni tayyorlab olamiz.
O’simlik yog’i quyilgan tovani qizdiramiz. File bo’laklarini birinchi unga, so’ng tuxumga, va keyin panirovkaga solamiz.
Tovuqni har tomonini 5 daqiqadan pishguncha qovuramiz.
Pishganini tekshirish uchun file bo’lagiga pichoq sanchib ko’ring. Och rangdagi sok ajralishi kerak.
Pomidorlarni dumaloq shaklda kesamiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
350 gramm un | |
200 millilitr qaynoq suv | |
20 gramm o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
Sous uchun |
|
200 millilitr smetana | |
1 ta bodring | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 bog' petrushka | |
Nachinka uchun |
|
250 gramm tovuq filesi | |
2 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch | |
100 gramm un | |
100 gramm quritilgan non bo'laklari | |
2 ta tuxum | |
1 ta pomidor | |
1 bog' salat bargi | |
150 millilitr o'simlik yog'i |