fbpx
Videoretsept: Tuxumli pashot salati

Videoretsept: Tuxumli pashot salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yengilgina pashot salatidan tayyorlab ko’rganmisiz? Bu salatdagi pashot-tuxumini tayyorlash juda qiziq bo’lib, bugungi videolavhada batafsil bilib olasiz.

Ta’bga qarab xohlagan sabzavot va ko’katlardan foydalanishingiz mumkin. Bu salat mazali chiqishi uchun esa albatta yangi masalliqlardan foydalanish kerak.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
150 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
4-5 dona Aysberg salat bargi
2 bog' rukkola ko'kati
7-8 dona pomidor cherry
1 ta bodring
1 ta limon
3 osh qoshiq zaytun moyi
1-2 osh qoshiq balzamli sirka
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Salat bargi va rukkolani sovuq suvda yaxshilab yuvamiz.

Qog'oz sochiq bilan quritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Salat bargini olib qo'limiz bilan bo'laklarga bo'lamiz va idishga solamiz. Ustidan rukkolani ham solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bodringni parrak qilib, pomidorni esa teng yarmidan bo'lib chiqamiz va idihsga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Limon sharbati, balzamli sirka, zaytun moyini solamiz, tuz va murchini rostlab yaxshilab aralashtiramiz.

Likopchaga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Mikroto'lqinli pechga ishlatiladigan kichikroq idish olamiz, ichiga suv va tuz solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Endi ehtiyotkorlik bilan tuxumni chaqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxumni tuzli suvga solamiz va mikroto'lqinli pechda yuqori bosimda 2 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Agar tuxum oqi pishgan bo'lsa, unda tayyor, agar yo'q bo'lsa yana 30 soniya pishirishga qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishirish vaqti tuxumning hajmiga va mikroto'lqinli pechga ham bog'liqdir.

Pishgan tuxumimizni olib, salat ustiga qo'yamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 10 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
150 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
4-5 dona Aysberg salat bargi
2 bog' rukkola ko'kati
7-8 dona pomidor cherry
1 ta bodring
1 ta limon
3 osh qoshiq zaytun moyi
1-2 osh qoshiq balzamli sirka
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Batafsil fotoretsept: Tovuq va pishloqdan tayyorlanilgan turkcha somsa
keyingi
Qisqichbaqali tayoqchalardan mazali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.