fbpx
Videoretsept: quyultirilgan sutli tez keks

Videoretsept: quyultirilgan sutli tez keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Quyultirilgan sutli keks retseptida xamirga shakar o’rniga quyultirilgan sut qo’shiladi. U nafaqat pishiriqni shirin qiladi, balki ko’rinishini ham o’zgacha chiroyli, karamel rangli qiladi.

Eng oddiy masalliqlardan lazzatli, oson va tez retsept. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm un
380 millilitr "Milter" quyultirilgan suti
4 ta tuxum
50 gramm "Milter 80%" margarini
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanilin
0,5 choy qoshiq tuz
Qadam 1
Tugallandi

Margarinni qulay usul bilan eriting.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqur idishda tuxum, quyultirilgan sut va vanilinni aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Eritilgan yog’ni qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Elangan un, tuz, qabartma qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolipga yog’ surtib, un sepib, xamirni quyamiz.
Biz 22х12х7 sm xajmlik qolip ishlatdik.

Qadam 6
Tugallandi

180С gacha qizdirilgan pechga 45-50 daqiqaga qo’yamiz. Tayyorligini taxta tayoq yoki gugurt cho’pi yordamida tekshiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Keksni, birinchi, 15 daqiqa davomida qolipda sovutamiz, so’ngra panjaraga olib butunlay sovushini kutamiz. Istakga ko’ra shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida..

Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm un
380 millilitr "Milter" quyultirilgan suti
4 ta tuxum
50 gramm "Milter 80%" margarini
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanilin
0,5 choy qoshiq tuz
oldingi
Videoretsept: ko’kat va nachinkali blinchiklar (quymoqlar)
keyingi
Videoretsept: sabzili maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.