Videoretsept: Qozon-kabob
Masalliqlar:
-
8-10 dona qo'y to'shi
-
6 ta kartoshka
-
300 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
-
500-600 millilitr suv
-
ta'bga qarab tuz
-
ta'bga qarab zira va kashnich
Yo’nalishlar
Sersuv bo’lib pishadigan go’sht, qovurilgan kartoshka, xushbo’y ziravorlar – bundanda mazaliroq yana nima bo’lishi mumkin?
Bugun bizlar ana shunday mazali taomning tayyorlash jarayonini videotasvirga tushirdik!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 100 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
8-10 dona qo'y to'shi | |
6 ta kartoshka | |
300 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i | |
500-600 millilitr suv | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab zira va kashnich |
Chuqurroq qozonga o'simlik yog'ini quyib qizdiramiz. Bizlar bunda “Golden Corn” makkajo'xori yog'idan ishlatdik, chunki bunday yog' yanada yuqoriroq haroratda qaynaydi va bunda umuman tutab ketmaydi, shuningdek umuman hidsiz hisoblanib, go'sht va kartoshkani qizartirib qovurilishiga yordam beradi.
Qizigan yog'da qo'y to'shlarini tillarangga kirgunicha qovurib olamiz, boshqa idishga olib qo'yamiz. Tuz, murch va kashnichdan sepamiz. Chetga olib qo'yamiz.
Shu yog'da kartoshkalarni ham qizartirib qovuramiz. Qozondan olib boshqa idishga solamiz va ularga ham tuz, zira va kashnichdan sepamiz.
Qozonni o'rtacha olovga qo'yib, ichiga qo'y go'shtini terib chiqamiz. Ozroq suv quyib, qopqog'ini yopamiz va 1 soat davomida dimlab pishiramiz.
So'ng go'sht ustidan kartoshkalarni ham terib chiqamiz va birgalikda 20-25 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.
Masalliqlar:
8-10 dona qo'y to'shi | |
6 ta kartoshka | |
300 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i | |
500-600 millilitr suv | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab zira va kashnich |