Videoretsept: qovundan muzqaymoq
Masalliqlar:
-
250 gramm Qovun
-
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
80 gramm quyultirilgan sutXohishga ko’ra
Yo’nalishlar
Qovundan bu mazali va yaxna shirinlikni tayyorlab ko’ring! Bu muzqaymoqni tayyorlash uchun sizga faqatgina 3 ta oddiy masalliq kerak bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Qovunni blender yordamida pyure holatiga keltiramiz.
Alohida idishda qaymoq bilan quyultirilgan sutni mikser yordamida ko’pirtiramiz.
Qaymoq aralashmasiga qovundan pyureni qo’shamiz va aralashtiramiz.
Massani qolipga quyib sovutgichga 2-3 soatga qo’yamiz.