Videoretsept: pishloqli sousda «Baffalo» tovuq qanotchalari
Masalliqlar:
-
1 kilogramm tovuq qanotchalari
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
Panirovka uchun
-
200 gramm kraxmal
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
Pishloqli sous uchun
-
150 gramm eritilgan sariyog'
-
200 gramm pishloq
-
1 bog' petrushka
-
yarim limon sharbati
Yo’nalishlar
Pechda pishiriladigan «Baffalo» qanotchalari retseptini sizga tavsiya etamiz. Pechda pishirilgani uchun go’sht yog’siz bo’ladi, bu esa o’z navbatda afzallikdir. Panirovka uchun kraxmal va ziravorlar ishlatiladi, shuning uchun qanotchalar biroz achchiq, xushbo’y, yorqin rangli va lazzatli bo’lib pishadi. Shuningdek, qanotchalar pishgandan so’ng pishloq va sariyog’lik sous bilan qoplanadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 90 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
1 kilogramm tovuq qanotchalari | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
Panirovka uchun |
|
200 gramm kraxmal | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
Pishloqli sous uchun |
|
150 gramm eritilgan sariyog' | |
200 gramm pishloq | |
1 bog' petrushka | |
yarim limon sharbati |
Tovuq qanotlarini yuvib, quritib, 3 qismga bo’lamiz.
Uchinchi, eng ingichka qismini olib tashlash mumkin, uni ishlatmaymiz.
Qanotlarga ziravorlar, pressdan chiqarilgan sarimsoqpiyozni qo’shib, aralashtirib, 2 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Idishda kraxmal, qabartma va ziravorlarni birlashtiramiz.
Aralashtirib, qanotlarni yaxshilab ichida bulaymiz, panirovka go’shtning har tomonida bo’lsin.
Qanotlarni pergament qog’ozi solingan patnisga, orasida masofa qoldirib, terib chiqamiz.
200C gacha qizdirilgan pechda har tomonini 20 daqiqadan pishiramiz.
Pishirish jarayonida qanotlarni aylantirish kerak, hamma tomoni qizarib pishishi uchun.
Katta chuqur idishda eritilgan sariyog’, qirg’ichdan chiqarilgan pishloq, paydalangan petrushka yoki boshqa ko’kat, va limon sharbatini aralashtiramiz.
Sous ichiga pishgan qanotchalarni silob aralashtiramiz.
Masalliqlar:
1 kilogramm tovuq qanotchalari | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
Panirovka uchun |
|
200 gramm kraxmal | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
Pishloqli sous uchun |
|
150 gramm eritilgan sariyog' | |
200 gramm pishloq | |
1 bog' petrushka | |
yarim limon sharbati |
2 Sharhlar Hide Comments
Kraxmal kartofelniymi?
Assalom aleykum,
ha