Videoretsept: pesto sousilik «Archa»
Masalliqlar:
-
700 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
-
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
Pesto qaylasi uchun
-
50 gramm yashil rayhon
-
40 gramm yong'oq
-
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
-
50 millilitr zaytun yog'i
-
bir chimdim tuz
-
Bezak uchun
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
-
10 gramm kunjut
Yo’nalishlar
Tayyor qatlama xamirdan «yangi yil daraxti» tez tayyorlanadi va ajoyib ko’rinishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, nachinkalarni ta’bga ko’ra o’zgartirish mumkin – ham sho’r, ham shirin. Bu pishiriqni sous bilan dasturxonga tortish mumkin, yoki shirin turini bir piyola choy bilan.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
700 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir | |
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
Pesto qaylasi uchun |
|
50 gramm yashil rayhon | |
40 gramm yong'oq | |
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i | |
50 millilitr zaytun yog'i | |
bir chimdim tuz | |
Bezak uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
10 gramm kunjut |
Rayhonni yuvib, shoxlarini kesib, blender yordamida pyure holatiga keltiramiz.
Qirg’ichdan chiqarilgan parmezan, yong’oq, sarimsoqpiyoz va tuzni qo’shib, «puls» rejimida bir-necha martta maydalaymiz. Sousni biroz kashasimon qilgan yaxshi, pyure holatigacha emas.
Biroz zaytun yog’i qo’shib, sousni aralashtiramiz.
Xamirni 2 qismga bo’lamiz. Ikkala qismni yoyib, archa shaklida kesamiz.
Xamirni bir qismini pergament qog’ozi solingan patnisga qo’yamiz.
Ustiga pesto sousini surtamiz va pishloq sepamiz.
Ikkinchi xamir bo’lagi bilan berkitib, biroz ustini bosamiz. Pichoq yordamida archa shoxlarini kesamiz.
O’tkir pichoq bilon asos uchun o’rtasida joy qoldirib, 1,5–2 sm qalinlikda shoxlar kesamiz. Har bir shoxchani bir necha marta spiral shaklida aylantiramiz.
Archani ustiga tuxum sarig’ini surtib, kunjit sepamiz.
Masalliqlar:
700 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir | |
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
Pesto qaylasi uchun |
|
50 gramm yashil rayhon | |
40 gramm yong'oq | |
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i | |
50 millilitr zaytun yog'i | |
bir chimdim tuz | |
Bezak uchun |
|
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
10 gramm kunjut |